16:10 / 15.03.2022
1 719

Rossiya kuchlari Ukrainaning Xerson viloyatini toʻliq nazoratga olgani ma'lum qilindi

Rossiya kuchlari Ukrainaning Xerson viloyatini toʻliq nazoratga olgani ma'lum qilindi
Foto: «TASS»
Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainadagi Xerson viloyati hududini toʻliq nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkovga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.

«Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan Xerson viloyatining butun hududi toʻliq nazorat ostiga olindi. Donetsk Xalq Respublikasi qoʻshinlari hujum operatsiyalarini davom ettirib, ukrain millatchilarining mudofaasini yorib oʻtib, ‘Panteleymonovka’ aholi punktini nazoratga oldi va ‘Verxnetoreskoe’ — ‘Novoselovka-2’ chizigʻiga etib bordi», — deydi Konashenkov.

Shuningdek, idora Ukrainaning havo va erdagi turli texnikalari, xususan, Kramatorsk shahri yaqinidagi harbiy aerodrom angarida saqlangan toʻrtta Su-25 samolyoti, bitta Mi-24 hamda beshta Mi-8 vertolyoti yoʻq qilinganini ma'lum qilgan.

Ma'lumotlarga koʻra, urush boshlanganidan buyon Rossiya harbiylari tomonidan 156 ta uchuvchisiz uchish apparati, 1306 ta tank va boshqa turdagi zirhlangan jangovar mashinalar, 127 ta reaktiv zalp oʻt ochish tizimi, 471 ta dala artilleriyasida va minomyoti, shuningdek, 1054 ta maxsus harbiy avtomobil texnikasiga yoʻq qilingan.

Avvalroq Ukraina hukumati Xerson viloyatining bir qismi Rossiya qoʻshinlari tomonidan egallab olinganini ma'lum qilgandi. Xerson viloyati prokuraturasi Rossiyaning viloyatda «noqonuniy referendum» oʻtkazish va XXR nomi ostida respublika tashkil etish rejalari haqida aytgan. Shu sababli idora jinoyat ishi qoʻzgʻatgan. Bundan tashqari, mahalliy deputatlarni rossiyalik harbiylar bilan hamkorlik qilishga koʻndirishga urinilayotgani ma'lum qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo