
Foto: AP
AQSHda benzin narxi oshishi davom etmoqda, bu esa prezident Jo Bayden va uning ma’muriyati uchun yana bir muammo, deb yozmoqda "The Guardian".
«Baydenning prezidentligini qarg‘ish urgan», deydi siyosatshunos Larri Jeykobs.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Baydenning muammolari lavozimga kirishgan birinchi kundan boshlangan: prezident birdan koronavirus pandemiyasi bilan to‘qnash keldi, keyin inflyatsiya nazoratdan chiqib ketdi, undan keyin Ukrainada inqiroz yuzaga keldi, hozir esa Qo‘shma Shtatlarda energiya xarajatlari tez o‘sishi qayd etilmoqda.
"The Guardian“ nashrining yozishicha, benzin Rossiyaning Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiya»sidan ancha oldin ko‘tarila boshlagan. Biroq Bayden buning uchun Moskvani ayblagan. Ko‘plab respublikachilar, o‘z navbatida, AQSH prezidentini saylovoldi va’dalarini bajarmagani, shuningdek, xatolarni inkor etishga uringani, lekin ularni tuzatmagani uchun qoralamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar