Saratonni to‘xtatgan dori olimlarni hayratda qoldirdi

1 daqiqa o'qish725
Saratonni to‘xtatgan dori olimlarni hayratda qoldirdi

Saratonga qarshi kurashda yangi umid paydo bo‘ldi. The Guardian nashrining xabar berishicha, “Amivantamab” deb nomlangan innovatsion dori bosh va bo‘yin saratonining og‘ir shakllariga qarshi davolashda yuqori samaradorlik ko‘rsatgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu preparat 11 ta davlatda o‘tkazilgan keng ko‘lamli klinik tadqiqotlar davomida sinovdan o‘tkazilgan. Tadqiqotda jami 102 nafar bemor ishtirok etgan bo‘lib, ularning barchasi avval kimyoterapiya hamda immunoterapiya muolajalaridan kutilgan natijani olmagan og‘ir holatdagi bemorlar hisoblanadi.

Tadqiqot natijalari esa mutaxassislarni hayratda qoldirdi. Ishtirokchilardan 15 nafarida o‘smalar to‘liq yo‘qolgan bo‘lib, bu holat tibbiyot olamida “misli ko‘rilmagan yutuq” sifatida baholanmoqda.

Qayd etilishicha, “Amivantamab” preparati har uch haftada bir marta teri ostiga in’yeksiya ko‘rinishida yuboriladi. Olimlar hozirda tadqiqotlarni davom ettirib, uning samaradorligi va xavfsizligini yanada kengroq klinik bosqichlarda o‘rganishni rejalashtirmoqda.

Mutaxassislar bu natijani saraton kasalligiga qarshi kurashda yangi davr boshlanishi sifatida baholamoqda va kelajakda ushbu dori ko‘plab bemorlar uchun yangi umid bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?