10:27 / 23.03.2022
2 375

Peskov Rossiya yadro qurolidan qay holatda foydalanishini aytdi

Peskov Rossiya yadro qurolidan qay holatda foydalanishini aytdi
Foto: Argumenti i fakti
Rossiya yadroviy quroldan mamlakatning mavjudligiga tahdid tug‘ilganidagina foydalanishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov 22 mart kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Peskov amaldagi milliy xavfsizlik konseptsiyasiga tayangan holda yadro qurolidan foydalanish asoslari haqida gapirdi.

«Unda siz yadroviy quroldan foydalanish uchun barcha asoslar haqida o‘qishingiz mumkin. Agar bizning mamlakatimiz uchun xatar tug‘ilgan taqdirda, konseptsiyaga muvofiq, undan foydalanilishi mumkin. Bunga qator boshqa asoslar ham bor, ular matnda sanab o‘tilgan», deydi Rossiya prezidentining matbuot kotibi.

Peskov Ukrainadagi vaziyat haqida «hech kim avval-boshdan maxsus amaliyot ikki kungina vaqt oladi, deb o‘ylagan emas. Bu jiddiy maqsadlarga ega bo‘lgan jiddiy amaliyotdir», degan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peskov Rossiya yadro qurolidan qay holatda foydalanishini aytdi