Ukrainada urush boshlanganiga bir oydan oshdi. Ukraina mart oyi boshida Rossiya qo‘shinlari nazoratiga o‘tgan Sumi viloyatidagi Trostyanes shahri ozod etilgani haqida xabar qildi. Shu bilan birga, rus harbiylari Slavutich shahrini egallab oldi — shahar Chernobil AESdagi avariyadan keyin stansiyaning evakuatsiya qilingan xodimlari uchun 1986 yilda qurilgandi.
Vladimir Zelenskiy raketa zarbasining aniq koordinatalarini aks ettirgan foto va videolarni chop etishni taqiqlovchi qonunini imzoladi. Ayni shu vaqtda Lvov raketadan o‘qqa tutildi. Meduza 26 mart, urushning o‘ttiz birinchi kunida jangovar harakatlar zonasidan olingan asosiy fotosuratlarni jamladi.
Ukrainaning Xarkov viloyati, Izyumskiy tumani, Topolskoye qishlog‘i yaqinidagi o‘rmon kamarida turgan tanklar va boshqa og‘ir texnikalar. Viloyatdagi uchinchi yirik shahar — Izyum uchun shiddatli janglar bo‘lib o‘tdi, 24 mart kuni Rossiya Mudofaa vazirligi shaharni egallaganini e’lon qildi.
Foto: Maxar Technologies
Mariupol aholisi vayron bo‘lgan uy yaqinidagi skameykada.
Foto: Reuters
Mariupollik qochqinlar mashinasi. Zaporojega borish uchun ular rus qo‘shinlari tomonidan qo‘lga olingan Berdyansk orqali o‘tishi kerak.
Foto: «Grati»
Chamadonda kuchukchalarini olib ketayotgan irpinlik qochqin
Foto: AP Photo
Irpinlik qochqinlar bilan ishlaydigan ukrainalik politsiyachining emotsiyasi.
Foto: AP Photo
Ko‘ngillilar otishmalardan yashirinib, metroni boshpana qilgan Kiyev aholisi uchun ovqat tayyorlamoqda. Urushning boshidanoq minglab kiyevliklar metro stansiyalari va vagonlarida tunamoqda.
Foto: Sopa Images
Ko‘ngillilar Kiyevdagi ramziy ahamiyatga ega haykalni qum qoplari bilan bekitmoqda.
Foto: Reuters
Odessaning «Perron No 7» jazz klubi musiqachilari balkonda o‘tkinchilarga musiqa chalib bermoqda
Foto: AFP
Odessa plyajida o‘rnatilgan «Ehtiyot bo‘ling, minalar» yozuvli belgi
Foto: Reuters
Odessa milliy akademik opera va balet teatri yaqinidagi barrikadalar. Bino shahar ramzlaridan biri hisoblanadi
Foto: EPA
Besh yoshli Misha Nikolayevdagi kasalxonaning yerto‘lasida kitob o‘qimoqda. Rus qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutishlar paytida Mishaning onasi halok bo‘ldi, o‘zi esa yaralandi.
Foto: AFP
Xarkov chetidagi ommaviy qabrlar ustida ismlar yozilgan taxtachalar. Bu yerdagi odamlar asosan, tabiiy sabablar bilan vafot etgan — ammo ularni an’anaviy tarzda dafn qiladigan hech kim yo‘q edi.
Foto: AP Photo
Lvov aholisi havo trevogasining sirenasi chalinayotgan paytda bomba boshpanasiga tushib ketmoqda
Foto: Getty Images
Lvov aholisi bomba boshpanasida havo trevogasini o‘tkazmoqda. 26 mart kuni rus qo‘shinlari shaharga raketalar bilan zarba berdi.
Foto: AP Photo
Rossiyaning Lvovga qilgan raketa hujumi oqibatidagi yong‘inlardan alanga va tutun ko‘tarilmoqda
Foto: AFP Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz