
Foto: Picture Alliance
Shvetsiyada oliy sud sudyasi supermarketda o‘g‘irlik qilgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Per Nikols ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 67 yoshli sudya ayol rojdestvo bayrami arafasida Stokholmdagi supermarket xodimlari tomonidan ushlangan.
Dagens Juridik nashrining yozishicha, u vetchina, frikadelka, sosiska va pishloqlarni xaltaga solib olib chiqib ketayotgan bo‘lgan. Sudyaning o‘zi o‘g‘irlik qilishga uringanini rad etgan.
Sudya 50 ming shved kronasi (4800 yevro) miqdorida jarimaga tortilgan. U fevral oyida iste’foga chiqqan. Xabar qilinishicha, ayol 20 yilga yaqin vaqt sudyalik qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing