Foto: EPA
Buyuk Britaniya Rossiya va Ukraina o‘rtasida kelishuv bitimini imzolash masalasida AQSH, Fransiya va Germaniyadan ko‘ra qattiqroq pozitsiyani egallagan. Bu haqda The Times hukumatdagi manbasiga tayanib, xabar berdi.
Nashr manbasining ma’lumotlariga ko‘ra, London qator G‘arb davlatlari Zelenskiyni Rossiyaga yon bosishga undashi mumkinligidan xavotirda. «Ayrim ittifoqchilarimiz ular kelishib olishini haddan ortiq xohlamoqda», — deydi manba.
Qirollik esa aksincha, Rossiya va Ukraina yaqin vaqtlar ichida kelishuvga erishishini istamaydi. Britaniya hukumatining hisoblashicha, Ukraina biror-bir tinchlik bitimini imzolashda ancha kuchli pozitsiyani egallashi lozim.
Shuningdek, The Times suhbatdoshining qo‘shimcha qilishicha, bosh vazir Boris Jonson rus harbiylari Ukraina hududini tark etmaguniga qadar Rossiyaga sanksiyalarni kuchaytirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ta’kidlashicha, Boris Jonson Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda uni Moskva «tinkasini quritib, yon bosishga majburlash» maqsadida muzokaralardan foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Bosh vazirning matbuot kotibining aytishicha, Jonson bu masalani Vazirlar Mahkamasi uchrashuvida ko‘targan.
«U bosim iqtisodiy choralarni kuchaytirish va Ukrainaga harbiy yordamni ko‘rsatish hisobiga Rossiya o‘z yo‘nalishini to‘liq o‘zgartirishini kafolatlash kerakligini aytdi», — deydi matbuot kotib.
Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiyalarni boshlaganidan beri tomonlar nizoni tinchlik yo‘li bilan hal etish maqsadida bir necha marta muzokaralar o‘tkazdi. 29 mart kuni Moskva va Kiyev delegatsiyalari Istanbulda muzokaralarning yana bir raundini o‘tkazgan. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Rossiya Ukrainadan vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal etish yuzasidan yozma takliflarni olgan.
Ukraina delegatsiyasi rahbari David Araxamiya Kiyevning davlatga betaraflik maqomi berilishi ko‘zda tutilgan, xavfsizlik kafolatlari tizimini taklif etayotganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra mazkur tizimga BMT xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari, shuningdek Turkiya, Germaniya, Italiya, Isroil, Polsha va Kanada kafil bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi