23:26 / 02.04.2022
2 670

Londonda norozilik namoyishi: yig‘ilganlar bosh vazir iste’fosini talab qilmoqda

Londonda norozilik namoyishi: yig‘ilganlar bosh vazir iste’fosini talab qilmoqda
National Assembly harakati faollari elektr va gaz narxining keskin oshishi sababli London markazida hukumatga qarshi namoyishga chiqdi, deb xabar beradi RIA Novosti muxbiri.

Ular bosh vazirning Dauning-stritdagi qarorgohi oldida to‘planib, Boris Jonson va butun konservativ hukumat iste’fosini talab qilishdi.
Londondan tashqari, National Assembly mamlakatning o‘nlab yirik shaharlari, jumladan, Liverpul va Manchesterdagi aksiyalarni e’lon qildi.

1 apreldan boshlab Buyuk Britaniyada gaz va elektr energiyasi uchun narx chegarasi keskin oshirildi - birdaniga 54 %ga. Qaror fevral oyida qabul qilingan, ammo u endigina kuchga kirdi, chunki vazirlik har yili ikki marta narx chegarasini yangilaydi: aprel-sentabr va oktabr-mart oylari uchun. Yetkazib beruvchilar bu ko‘rsatkichdan oshmasligi kerak.

Shunday qilib, Britaniya energiyasining narxi yiliga o‘rtacha 700 funtga oshadi va taxminan ikki mingni tashkil qiladi. Shu sababli, fevral oyida yillik inflyatsiya Britaniyada 30 yil davomidagi rekord darajaga yetdi - 6,2 %.

Milliy statistika xizmati tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari shuni ko‘rsatadiki, mamlakat aholisi xarajatlarni jiddiy ravishda kamaytirishga majbur bo‘lmoqda: respondentlarning yarmidan ko‘pi muhim bo‘lmagan tovarlarga, 34 % gaz yoki elektr energiyasiga, 31 % oziq-ovqat va zaruriy tovarlarga iqtisod qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Londonda norozilik namoyishi: yig‘ilganlar bosh vazir iste’fosini talab qilmoqda