08:24 / 05.04.2022
1 231

Tez fursatda vazn tashlash jigar sirroziga olib kelishi mumkin

Tez fursatda vazn tashlash jigar sirroziga olib kelishi mumkin
Jigar sirrozi faqat muntazam alkogol iste’mol qilishdan emas, balki vazn tashlashga bo‘lgan urinishlardan ham kelib chiqadi.
Bu haqida shifokor-gastroenterolog Natalya Marchenko Sputnik radiosiga ma’lum qildi.

Ko‘pchilikka yaxshi ma’lumki, spirtli ichimliklarni suiste’mol qilish o‘ta xavfli surunkali kasallik - jigar sirroziga olib keladi. Biroq, boshqa biz bilmagan, oddiy sabablar ham bu kasallikka chalinish xavfini oshirishi mumkin. Ko‘pchilik ortiqcha vazn tashlash niyatida bir qancha oziq-ovqat mahsulotlaridan o‘zini cheklaydi. Bu jigarga katta xavf tug‘diradi.

Agar tez fursatda ochlik yoki parhez bilan vazn tashlamoqchi bo‘lsangiz, organizmdagi yog‘lar osonlikcha yo‘qolmaydi. Yog‘ tananing barcha hujayralaridan jigarga kiradi, u orqali o‘tishi kerak. Keskin va tezda vazn tashlaganda yog‘ jigarda to‘plana boshlaydi va undan chiqib ketishga ulgurmay qoladi. Bunday odamlarda vazn bir qaraganda kamaygandek ko‘rinadi, biroq jigarga bir qancha qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu holat hatto jigar sirroziga ham olib kelishi mumkin”, - deydi gastroenterolog.

Agar vazn juda og‘ir bo‘lsa, tibbiy ko‘riksiz ozishga harakat qilish mumkin emas. Faqat shifokor nazoratida vazn tashlash lozim.
Agar katta vazn tashlamoqchi bo‘lsangiz, avvalo tibbiy ko‘rikdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi, chunki ehtiyotsizlik va pala-partish rejimda jigarda muammolar paydo bo‘lishi mumkin”,- deydi Marchenko.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, bir oyda to‘rt kilogramm vazn tashlash me’yor hisoblanadi. Bu jigar uchun xavf tug‘dirmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tez fursatda vazn tashlash jigar sirroziga olib kelishi mumkin