15:28 / 15.04.2022
3 485

Urushning 50-kuni: Tiz cho‘ktirilgan ukrainalik asirlar, UXXning maxsus amaliyoti, Mariupoldagi qarshilik

Urushning 50-kuni: Tiz cho‘ktirilgan ukrainalik asirlar, UXXning maxsus amaliyoti, Mariupoldagi qarshilik
14 aprel kuni Qora dengiz floti bayroqdor kemasi — «Moskva» raketa kreyseri cho‘kib ketdi, Ukraina tomoni bunga raketa zarbasi, RF mudofaa vazirligi esa bortda chiqqan yong‘in sabab bo‘lganini aytgan. DXR vakillari Mariupolda ukrain harbiylari asirga olinganini ma’lum qilgan, bu ma’lumotni keyinchalik Volodimir Zelenskiy ofisi ham tasdiqlagan.

Bryansk va Belgorod oblastlaridagi aholi punktlari o‘qqa tutilmoqda — Rossiya bunda Ukraina armiyasini ayblamoqda. Buchada ichimlik suvi va gaz ta’minoti tiklandi. Ukraina Oliy Radasi bir necha qonunlarni qabul qildi: Rossiya bosqinini genotsid deb tan olish, Z va V ramzlarini taqiqlash va xorij fuqarolari Ukraina razvedkasi uchun ishlashi va mamlakat qurolli kuchlari safida uch yildan besh yilgacha xizmat qilishi mumkinligi to‘g‘risidagi qonunlar.

Chernigovda vayron qilingan kutubxona. Foto: UNIAN
Ukrainadagi vaziyat. So‘nggi ma’lumotlar:
  • Jumaga o‘tar kechasi Kiyev atrofidagi hududlarga zarbalar berildi, Ukrainaning boshqa shaharlaridan ham portlashlar ovozlari haqida xabarlar kelgan. Ukrainaning butun hududi bo‘ylab havo hujumidan ogohlantirish signallari yangragan.
  • MRB direktori Uilyam Byorns prezident Vladimir Putin Ukrainaga qarshi urushda o‘zini qanoatlantiruvchi g‘alabaga erishishdan umid uzsa, Rossiya tomonidan taktik yoki kichik yadroviy qurollar qo‘llanishi xavfi haqida ogohlantirdi.
  • Rossiya armiyasi Xerson shahriga yo‘ldosh shahar Alyoshkini egallagan.
  • Tunda Xerson oblastida asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tgan, Ukraina tomoni ma’lumotiga ko‘ra, besh nafar ukrain harbiysi to‘rt nafar rossiyalik harbiyga almashtirilgan.
  • Ukraina qurolli kuchlari rossiyalik harbiylar mamlakat janubida mustahkam o‘rnashishga urinayotgani va dronlar orqali razvedka ishlari olib borayotganini ma’lum qilgan.
  • AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga yo‘l olishga tayyorligini ma’lum qildi.


Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) xodimlari Xarkovda Rossiya bilan hamkorlik qilishda gumonlanayotganlarni qo‘lga olish operatsiyasini o‘tkazmoqda.
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA


Xarkovdagi uyda kollabratsionistlikda gumonlanuvchini qo‘lga olish uchun kelgan Ukraina xavfsizlik xizmati harbiylariga qarab turgan ayol
AP Photo/Felipe Dana


Qo‘lga olingan gumonlanuvchi. Foto: Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA

Buchadagi ommaviy qabrda jasadlar eksgumatsiya qilinmoqda.
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA


Politsiya Kiyev yaqinidagi Voblya qishlog‘ida rossiyalik harbiylar ishg‘oli vaqtida halok bo‘lgan tinch aholining jasadlarini eksgumatsiya qilmoqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA


Kiyev shimolidagi yo‘lda avibomba oqibatida paydo bo‘lgan o‘ra.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA


Rossiyalik harbiylarning yangi hujumlari boshlangan taqdirda foydalanish uchun Buchada okop qaziyotgan ukrain askarlarining miltiqlari va boltasi.
Rodrigo Abd / AP / Scanpix / LETA


Kramatorskdagi avtobus bekatidagi ayollar. Bir hafta oldin ushbu shaharda temiryo‘l vokzaliga raketa zarbasi berilishi oqibatida 52 kishi halok bo‘lgan.
Petros Giannakouris / AP / Scanpix / LETA


Luganskda ukrainalik harbiy asirlar «Unutmaymiz, kechirmaymiz!» memoriali qarshisida tiz cho‘ktirilmoqda. Tan olinmagan DXR va LXR 14 aprelni Ukraina agressiyasi qurbonlarini xotirlash kuni deb hisoblaydi. Foto: Stanislav Krasilnikov / TASS

Mariupoldagi turar joy.
Pavel Klimov / Reuters / Scanpix / LETA


Mariupol aholisi shaharning Pravoberejniy rayonidagi zarar yetgan turar joy binosining balkonida ovqat qilish uchun gulxan qalamoqda.
Anatoliy Jdanov / Kommersant’


Asosiy qarshilik o‘chog‘i bo‘lib qolayotgan Mariupoldagi «Azovstal» metallurgiya zavodi hududining ko‘rinishi.
Anatoliy Jdanov / Kommersant’


Mariupolning Pravoberejniy rayonidagi ko‘chalardan biri.
Anatoliy Jdanov / Kommersant’


Odamlar bomba tushgan joyda hosil bo‘lgan o‘raga qarashmoqda, Chernigov oblasti Gorodnya qishlog‘i
AP Photo/George Ivanchenko


Chernigov oblastining Belarus bilan chegarasi yaqinidagi Senkivka qishlog‘ida uy oldiga tushgan raketa dumi.
AP Photo/George Ivanchenko


Qabriston xodimi Buchada halok bo‘lgan tinch aholi vakillarini ko‘mish vaqtida dam olmoqda
AP Photo/Rodrigo Abd


Qabriston ishchisi Vladislav (chapda) 19 mart kuni Buchada o‘z uyi hovlisida ovqat tayyorlash vaqtida halok bo‘lgan 75 yoshli Tatyana Gramushnyakni dafn etmoqda. Foto: AP Photo/Rodrigo Abd Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Urushning 50-kuni: Tiz cho‘ktirilgan ukrainalik asirlar, UXXning maxsus amaliyoti, Mariupoldagi qarshilik