1 379
Ukrainadagi urushning 55-kuni: Kiyev atrofida ishlayotgan sapyorlar, Mariupolda yongan avtobuslar va kemalar
Ukrainadagi urushning 55-kuni o‘tdi. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya o‘z kuchlarini Donbassda jamlashda davom etmoqda. BMT hisoblariga ko‘ra, urush boshidan buyon Ukrainaning tinch aholisi orasidagi qurbonlar soni ikki mingdan oshgan. «Ukrainskaya pravda» gazetasi Kiyev oblasti politsiyasi rahbariga asoslanib yozishicha, oblast hududini rossiyalik tark etgach topilgan jasadlar soni mingdan oshgan. Mariupolda «Azovstal» shturmi davom etmoqda.
Mariupol portining bugungi ko‘rinishi — bu Ukrainadagi eng yirik dengiz savdo porti edi. O‘tgan haftada RF mudofaa vazirligi port rossiyalik harbiylar nazoratiga o‘tganini e’lon qilgandi. Foto: Sergey Bobilev / TASS
Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar:
- Ukraina bosh shtabining ertalabki ma’lumotlariga ko‘ra, frontda jiddiy o‘zgarishlar yo‘q. Rossiyaliklar Donbassda ukrainaliklarning pozitsiyalarini doimiy ravishda o‘qqa tutmoqda, bombalamoqda, hujum qilmoqda va yorib o‘tish uchun zaif nuqtani qidirmoqda, region shimolida yurish davom ettirilmoqda, ammo katta muvaffaqiyatlarsiz.
- Mariupolda so‘nggi kuchlari bilan qarshilik ko‘rsatishda davom etayotgan Ukraina dengiz piyodalari brigadasi komandiri Sergey Volin AQSH, Britaniya, Turkiya va Ukraina yetakchilarini Rossiya bilan kelishuvga erishib, uning jangchilari va «Azovstal»dagi tinch aholini qutqarishga chaqirdi.
- Pentagon Ukraina jangovar samolyotlarga ega bo‘lganini ma’lum qildi - ular AQSHdan emas, NATOning boshqa mamlakatidan yetkazib berilgan. Gap aynan qanday samolyotlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.
- OAV ma’lumotiga ko‘ra, AQSH prezidenti Jo Bayden yaqin kunlarda 800 mln dollarlik yana bir harbiy yordam paketini tasdiqlaydi, bu paket artilleriya va snaryadlar yetkazib berishni o‘z ichiga oladi.
Mariupol
O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR spesnazi razvedkada. Mariupolning katta qismi rossiyalik va rossiyaparast harbiylar nazoratiga o‘tgan.
Anatoliy Jdanov / Kommersant’
Shahar ko‘chalarida yonib ketgan avtobuslar.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ko‘chadagi qabr oldida turgan qizcha. Foto: Sergey Bobilev / TASS
Kiyev oblasti
Irpenlik ayol o‘z yaqinlarini dafn etmoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Buchadagi cherkovda insonparvarlik yordami olayotgan ayollar. Bu urushning qo‘rqinchli ramzlaridan biriga aylangan shaharda hamon suv, gaz va elektr toki yo‘q.
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Bombalangan uydagi kvartiradan Makarov posyolkasining ko‘rinishi
John Moore / Getty Images
Kuxari — Kiyev oblastining Ivankovskiy rayonidagi kichik qishloq — o‘tgan oyda bu yerda ham harbiy harakatlar bo‘lib o‘tgan. Fotoda 70 yoshli mahalliy aholi vakili vayron bo‘lgan ko‘prikdan ko‘tarilmoqda
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Sapyor Irpenda minani zararsizlantirmoqda. Ukraina hukumati rossiyalik harbiylar chekingan hududlarda o‘n minglab minalar qoldirilganini aytgan. So‘nggi kunlarda Kiyev oblastini minalardan tozalash ishlari chog‘ida uch nafar sapyor halok bo‘ldi.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Sapyorlar Moshchun qishlog‘ida qoldirilgan portlovchi moddalarni yig‘moqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Nikolayev oblasti
Ukrainalik askarlar Nikolayev va Xerson oblastlari o‘rtasidagi chegarada navbatchilik qilmoqda
Celestino Arce Lavin / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Harbiylar Nikolayevdagi front chizig‘ini ko‘zdan kechirmoqda
Celestino Arce Lavin / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Ukrainalik askar yerto‘lada kechki ovqat tayyorlamoqda
Celestino Arce Lavin / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Donbass shimoli
Politsiyachilar Ukraina nazoratidagi Kramatorskka berilgan raketa zarbalari vaqtida halok bo‘lgan kishining jasadi ustini yopmoqda. Zarbalar so‘nggi kunlarda kuchaygan — Ukraina tomoni Rossiya armiyasi Donbass uchun hal qiluvchi janglarni boshlaganini aytmoqda.
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Kramatorskdagi zavodga havo hujumidan keyin yaradorlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
Petros Giannakouris / AP / Scanpix / LETA
Xarkov
Turar joy binosi zarbalardan keyin. Rossiya harbiylari so‘nggi kunlarda Xarkov oblastida mudofaa liniyasini yorib o‘tishga harakat qilmoqda
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Xarkovda o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar shtab-kvartirasi
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Sami pojarnie i spasateli na perekure
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xarkovdagi ko‘chada mahalliy aholi vakillari
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya harbiylarining havo zarbalari qurboni
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi