Yelena Kostyuchenko Ukrainaga Rossiyaning «Novaya gazeta» muxbiri sifatida borgan edi. Uning Odessa, Xerson va Nikolayev shaharlarida tayyorlangan reportajlari ushbu gazetada senzura cheklovlari bilan e’lon qilingan. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga rioya qilinganiga qaramay, Bosh prokuratura va «Roskomnadzor» talabi bilan matnlar o‘chirib tashlangan, «Novaya gazeta» esa o‘z ishini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
«Novaya gazeta. Yevropa» nashri uchun maxsus ravishda Yelena Kostyuchenko Ukrainadagi urushda o‘zi ko‘rgan narsalar haqida gapirib berdi.
— Juda ko‘plab oddiy tinch fuqarolar urushning ilk kunlaridan shaharni tark etib xatolikka yo‘l qo‘ydi, ular qishloqlarga, shaharlar tashqarisiga ketib, u yerda jiddiy jangovar harakatlar bo‘lmaydi, deb umid qilgan. Oxir-oqibat, aksariyat shaharlarda front chizig‘i aynan qishloqlar va shahar tashqarisidan o‘tdi. Mana hozir Bucha va Gostomel misolida biz qishlog‘ingda Rossiya qo‘shinlari turganida nima sodir bo‘lishi haqidagi dahshatli haqiqatni bilib olyapmiz. Qamal qilingan yagona yirik shahar — eng dahshatli misol, — bu Mariupol. Shahar deyarli vayron qilingan.
Umuman olganda, odamlar qishloqlarga ketib, noto‘g‘ri tanlov qildi, deb men aytayapman. Aslida urushda to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tanlov qilib bo‘lmaydi. Qaysidir yo‘lni tanlayotganingda, u seni qutqarib qolishi yoki o‘limga olib kelishini oldindan bila olmaysan. Ayniqsa, yaqinlaringning hayoti senga bog‘liq bo‘lganida, nafaqat o‘zing uchun, balki o‘z oilang uchun qaror qabul qilishing kerak bo‘lsa, va sen nima qilishni bilmasang, bu doim yelkangda turadigan yukdir. Ya’ni kimdir ketib, o‘sha yerda halok bo‘ldi, kimdir esa ketishga urinib, barcha blokpostlardan o‘tib oldi va jo‘nab ketdi, yana kimdir shahardan ketdi, ammo uni otib tashlashdi.
Menga shunday voqeani aytib berishgandi: Mariupolda ikki yigit yegulik izlab chiqqan, hushtak ovozi eshitilganida, biri ikkinchisiga «yot» deb qichqirgan va ular ikki tomonga qarab yiqilgan. Ulardan biri tirik qolgan, ikkinchisini esa snaryad parchalari ikkiga bo‘lib yuborgan.
Bu shunaqa mudhish, insoniy bo‘lmagan lotereya. Aslida, mana shu narsa, o‘zini tutishning xavfsiz strategiyasi yo‘qligi urushda odamlarni juda azoblaydi.
Novaya gazeta1, Yelena Kostyuchenko1, Roskomnadzor1, Senzura cheklovlari1, Ukrainadagi urush1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi