954
Gondurasning narkosavdoda ayblanayotgan sobiq prezidenti AQSHga ekstraditsiya qilindi (foto)
Foto: Reuters
Gonduras sobiq prezidenti Xuan Orlondo Ernandes AQSHga ekstraditsiya qilindi, deb xabar beradi Reuters.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda sobiq siyosatchiga noqonuniy giyohvand moddalar aylanmasi bilan shug‘ullanish hamda o‘qotar qurol qo‘llash bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha ayblov qo‘yiladi. Ta’kidlanishicha, Ernandes AQSH Giyohvand moddalarga qarshi kurashish boshqarmasi (DЕA) samolyoti bortida uchib ketgan.
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Gonduras poytaxti Tegusigalpeda sobiq prezident qo‘llari kishanlangan holda xavfsizlik kuchlari hamrohligida aeroportga kuzatilgan. Ernandesning ekstraditsiyasini nishonlagan o‘nlab odamlar qo‘llarida mamlakat bayroqlari bilan aeroport atrofida to‘plangan. Yaqin kunlarda u Manxetten federal sudi qarshisida javob berishi kutilmoqda.
Foto: Reuters
«Ernandes 2014 yildan 2022 yilga qadar prezidentlik lavozimidan mamlakatni narkodavlat sifatida boshqarish yo‘lida suiiste’mol qildi. U AQSHga yo‘naltirilgan kokainlar partiyasini himoya qilish maqsadida boshqa davlatlarning amaldorlari bilan sheriklik qilib keldi», — deydi AQSH bosh prokurori Merrik Garland.
Foto: Reuters
Amerikalik prokurorlarning hisoblashicha, 53 yoshli siyosatchi 2004 yildan 2022 yilgacha o‘zining siyosiy o‘sishini moliyalashtirish maqsadida nakrosavdodan pul olib kelgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, u giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilardan, xususan, meksikalik narkobaron Xoakin El Chapo Gusmandan millionlab dollar olgan.
Eslatib o‘tamiz, fevral o‘rtalarida Gonduras sudi mamlakatning sobiq prezidenti Xuan Orlondo Ernandesni giyohvand moddalar va qurol-yarog‘ savdosida gumon qilib, hibsga olish bo‘yicha qaror chiqargandi.
Ma’lumot uchun, Ernandesning ukasi Xuan Antonio noqonuniy kokain savdosi bilan shug‘ullangani uchun AQSHda umrbod qamoq jazosini o‘tamoqda. Jinoiy to‘daning sobiq rahbari Devis Lionel Maradiganing so‘zlariga ko‘ra, Los Cachiros karteli sobiq prezident Xuan Orlondo Ernandesning opasi Hilda Ernandesga 2012 yilda 250 ming dollar naqd pul bergan. O‘sha paytda Ernandes kongressmen va prezidentlikka nomzod edi. Yana 50 ming dollarni 2014 yili, Xuan Orlondo Ernandes prezident bo‘lganidan keyin uning akasi Xuan Antonio Ernandes olgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar