Bektemirda kripto-botlar orqali narkosavdo qilgan fuqaro ushlandi

1 daqiqa o'qish96
Bektemirda kripto-botlar orqali narkosavdo qilgan fuqaro ushlandi

Toshkentda giyohvandlik vositalari savdosi va kriptovalyuta orqali pul aylantirish bilan bog‘liq yirik holat aniqlandi.

Bektemir tumanida muqaddam sudlangan fuqaro ushlangan. U ijtimoiy tarmoqlar orqali giyohvand moddalar savdosini tashkil qilgani gumon qilinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur sxema respublika hududini qamrab olgan. Xaridorlardan to‘lovlar avtomatlashtirilgan kripto-botlar orqali qabul qilingan, keyin esa mablag‘lar kriptoaktivlarga o‘tkazilgan.

Asosiy hisob-kitoblar Litecoin orqali amalga oshirilgani aytilmoqda. Bu usul to‘lov zanjirini yashirish va mablag‘lar harakatini anonimlashtirish uchun ishlatilgan.

2022 yil avgust oyidan boshlab gumonlanuvchining Binance birjasidagi akkauntidan 4 490 603 USDT o‘tgan. Ushbu summa 55,7 mlrd so‘mdan ortiq deb baholangan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar operatsiyalar Toshkentdan boshqarilganini, mablag‘lar esa turli anonim kriptohamyonlarga chiqarilganini ma’lum qilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda. Unda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi va jinoiy daromadlarni legallashtirish holatlari o‘rganilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?