
Jeyenbek Kulubayev
Foto: «Mfa.gov.kg»
Ruslan Kazakbayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod qilindi. Mamlakat prezidenti Sadir Japarov TIV rahbarini bo‘shatish haqidagi farmonni imzolagan.
Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri vazifasini Prezident administratsiyasida tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Jeyenbek Kulubayev bajaradi. Japarov tegishli farmon bilan uni ham avval administratsiyada egallab turgan lavozimidan ozod qilgan.
Kazakbayev ikki marta 2010 – 2012 yillarda va keyinchalik 2020 yil 14 oktabrdan 2022 yil aprel oyigacha tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagandi. Shuningdek, u 2009 yilda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, 2004 – 2009 yillarda esa Qirg‘izistonning Istanbuldagi bosh konsuli lavozimida ishlagan.
Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Kulubayev 2018 – 2021 yillarda Qirg‘izistonning Qozog‘istondagi elchisi bo‘lgan. Bunga qadar 2007 – 2009 yillarda Malayziya, 2009 – 2013 yillarda Xitoydagi elchi, o‘rindoshlik asosida Mongoliya va Singapurdagi elchi (Pekindagi rezidensiyada 2010 – 2013 yillar) lavozimida faoliyat olib borgan. 2013 – 2016 yillarda TIVning Osiyo va Afrika departamentiga rahbarlik qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar