Ramazon hayiti arafasida O‘zbekiston delegatsiyasi Chechenistonga borgan va chechen yetakchisi Ramzan Qodirovga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan tabrik hamda maxsus sovg‘a topshirgan.
Qodirov Telegram kanalida yozishicha, u O‘zbekiston rahbari nomidan «Poyi Kalon ansambli» 3D-suratni esdalik sovg‘asi qabul qilib olgan. Poyi Kalon — Buxorodagi me’morlik jamlanmasi bo‘lib, uning tarkibiga Kalon minorasi, Kalon masjidi va Mir Arab madrasasi kiradi.
«Sovg‘aga qarab, uni qayerga qo‘yishni o‘ylayapman. Prezident qanday hayron qoldirishni biladi», deb yozgan u.
Surat 115x70 sm. hajmda bo‘lib, 3,4 kg. kumushdan tayyorlangan, maydon va gumbaz oltin bilan qoplangan, hoshiyasi esa tilladan qoplangan.
«Shubhasiz, Shavkat Miromonovich, o‘z davlati va xalqi uchun ko‘p ishlar qilyapti, dunyo bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasini mustahkamlab, do‘stona aloqalarni kuchaytiryapti. O‘zbekiston xalqining shunday oliyjanob prezidenti borligi ularning baxti, deb bilaman», deb yozgan Ramzan Qodirov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi