15:04 / 27.04.2022
1 754

Qirg‘iziston prezidenti mamlakat bosh prokuraturasiga chaqirtirildi

Qirg‘iziston prezidenti mamlakat bosh prokuraturasiga chaqirtirildi
Foto: Qirg‘iziston bosh prokuraturasi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov jinoyat ishi bo‘yicha guvoh sifatida mamlakat bosh prokuraturasiga chaqirtirildi.

"Haqiqatan Japarov guvoh sifatida chaqirtirildi", - dedi bosh prokuratura vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap 2010 yil iyunda respublika janubida sodir bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi haqida bormoqda.

2010 yil 10 iyun kuni Qirg‘iziston janubida qirg‘izlar va etnik o‘zbeklar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergandi. Natijada O‘sh va Jalolobod shaharlarida 3746 ta binoga o‘t qo‘yilgan. Moddiy zarar 80 mln dollarni tashkil etgan.

Tartibsizliklar bo‘yicha 5 mingdan ortiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 545 kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklar davomida 400dan ortiq inson halok bo‘lgan, 2 mingga yaqin inson jarohatlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston prezidenti mamlakat bosh prokuraturasiga chaqirtirildi