
Foto: Bloomberg
Rossiya hozir duch kelgan inqiroz bir yarim yildan ikki yilgacha davom etishi mumkin. Bu haqda Rossiya Hisob palatasi rahbari Aleksey Kudringa tayanib, «TASS» xabar berdi.
Kudrinning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hozir juda noaniq vaziyatda. 2022 yilda inflyatsiya 20 foizdan, 2023 yilda esa 6 foizdan oshishi kutilmoqda.
«Yaqin 1,5-2 yil ichida Rossiya juda og‘ir ahvolda yashaydi. Hozir 2009 yildagi va pandemiya davridagi inqirozdan ham yomonroq vaziyatdamiz», — dedi Kudrin.
Shuningdek, u bunday sharoitda kuch va resurslarni to‘g‘ri baholash juda muhimligini qo‘shimcha qildi.
2022 yilda Rossiya yalpi ichki mahsulotning pasayishi 8,8 foizdan 12,4 foizgacha kuzatiladi. Inflyatsiya esa bazaviy prognoziga ko‘ra, taxminan, 20,7 foizni tashkil etadi. Narxlarning o‘sishi 2023 yilda 6 foizdan oshishi kutilmoqda.
«Albatta, zanjirlarning uzilishi, ishlab chiqarish tannarxining oshishi, eksportning qisqarishi hududlarimiz iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishini bilmaymiz. Shu bois mintaqamiz iqtisodiyoti hozirgi muammolarga javoban juda tabaqalashtirilgan bo‘ladi» — deb tushuntirdi Hisob palatasi rahbari.
Bu yil Rossiya iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun, taxminan, 6,3 trillion rubl sarflashni reja qilgan. «Bu Milliy farovonlik jamg‘armasiga tushadigan barcha neft va gaz daromadlari sarflanishini anglatadi», — deya xulosa qildi u. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar