14:58 / 06.05.2022
1 420

Charm, zamsh va matoli oq krossovkalarni tez va oson tozalash bo‘yicha tavsiyalar

Charm, zamsh va matoli oq krossovkalarni tez va oson tozalash bo‘yicha tavsiyalar
Foto: «Profil»
Oq krossovkalar uzoq vaqtdan beri nafaqat sportchilarda, balki bu turdagi poyabzallar ichida mashhur bo‘lib, uni sport kiyimlaridan tashqari boshqa uslublarda ham topish mumkin. Krossovkalarni oq rangini uzoqroq saqlash uchun qimmatbaho maxsus mahsulotlardan foydalanish shart emas. «Profil» nashri bu haqda foydali tavsiyalar bilan bo‘lishdi.

Oq krossovkalarni tozalash uchun oddiy va hamyonbop mahsulotlar bo‘lsa bas, ammo ularning tanlovi poyabzal ishlab chiqarilgan materialga bog‘liq.

Charm
Charm poyabzallarni tozalash osonroq, chunki material kamroq namlik yutadi. Jarayonni boshlashdan oldin krossovkalar yuzasidan kir va chang zarralarini artib tashlash kerak. Oyoq kiyimining oqligini tiklash uchun melamin gubkani ishlatish tavsiya etiladi. Uni suv bilan namlash va siqib tashlash, keyin krossovkalarni artish kerak. So‘ngra matoni kir sovuni bilan ko‘piklab, poyabzalning yuqori qismini artib olinadi. Oyoq kiyim yuzasidan ortiqcha sovunni olib tashlab, krossovkalarni quritishga qo‘yiladi.

Mato
Paxta yoki mato poyabzallarni iste’mol sodasi va sirka bilan tozalash mumkin. Bir osh qoshiq soda va ikki osh qoshiq 9 foizli sirka bir stakan iliq suv bilan aralashtiriladi. Aralashmaning shivirlashi to‘xtaganda, olingan eritmada mato yoki toza tish cho‘tkasi namlanadi va poyabzaldagi kir tozalanadi. Shu bilan bir qatorda, bir osh qoshiq soda va yarim osh qoshiq vodorod periksni suvga aralashtirib, foydalanish mumkin. Tozalash vositasi ta’sir qilish uchun 30 daqiqa kutiladi, keyin suv bilan yuviladi.

Zamsh
Bu tozalash uchun eng qiyin materiallardan biridir. Biroq ulardagi tozalikni qaytarishga harakat qilish mumkin. Oyoq kiyim yumshoq mato bilan quritiladi. Keyin dog‘lar qalam o‘chirg‘ichi bilan o‘chiriladi. Qog‘oz sochiq bilan quritilib, sirtni ishqalamaslikka harakat qilish lozim. Yumshoq matoni sirkaga botirib, qolgan dog‘lar ham muloyimlik bilan artib olinadi. So‘ngra oyoq kiyimlar quritilib, zamsh cho‘tkasi bilan taraladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Charm, zamsh va matoli oq krossovkalarni tez va oson tozalash bo‘yicha tavsiyalar