Foto: Elle
Ijtimoiy tarmoqlar yaqinlaringiz bilan aloqada bo‘lish va so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishning oson yo‘lidir. Lekin ulardan qaysi biri bizga ko‘proq kerak? O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, telefonda qancha vaqt sarflaganingiz sizni hech qo‘rqitganmi? Agar siz «ha» deb javob bergan bo‘lsangiz, quyida ijtimoiy tarmoqlarga kamroq, haqiqiy hayotga ko‘proq vaqt sarflashning oson usullari haqida gaplashamiz.
Ekrandagi ilovalar joyini o‘zgartiring
Ko‘pincha telefonni ma’lum maqsadda qo‘limizga olamiz, lekin oxir-oqibat ijtimoiy tarmoqlar tuzog‘iga tushib qolamiz.
Buni o‘zingiz uchun qiyinlashtiring va barcha piktogrammalarni eng uzoq ekranga o‘tkazing, yaxshisi, ularni alohida papkaga yashiring. Ijtimoiy tarmoqlar qanchalik kam ko‘zga tashlansa, Instagram, Facebook va boshqa ilovalarga tasodifan kirib qolish ehtimoli shunchalik kam bo‘ladi.
Bildirishnomalarni o‘chiring
Bildirishnomalar e’tiboringizni qilayotgan ishingizdan uzoqlashtirish va telefoningizni yana qo‘lga olishga majbur qilish uchun mo‘ljallangan. Nazorat qiling: ijtimoiy tarmoqlardagi bildirishnomalarni o‘chiring va Instagram talab qilganda emas, balki kerak bo‘lganda telefoningizni oling. Agar juda kerak bo‘lsangiz, o‘zlari qo‘ng‘iroq qilishadi.
Foto: Elle
Ijtimoiy tarmoqlarga qancha vaqt sarflashingiz haqida o‘zingizga hisob bering
Agar telefoningiz ekrandan foydalanish vaqtini kuzatsa, statistikaga qarang. Odatda bir-ikki necha soatga ko‘pchilik jiddiy e’tibor qaratmaydi, lekin bu arifmetik o‘rtacha ko‘rsatkichni 52 haftaga ko‘paytirsangiz — natija sizni qo‘rqitib yuboradi. Ko‘pchiligimiz telefonda kunlar, hatto haftalar va oylarni Instagram va TikTok lentasini foydasiz aylantirish uchun sarflaymiz. Hayot sifatini yaxshilaydigan yoki sizni qoniqtiradigan o‘sha soatlarni nimaga sarflashingiz mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring.
Avvalo, qaysi ilovalarni tez-tez ishlatayotganingizni, buni qachon va nima uchun qilayotganingizni, shuningdek, bu odatni nima bilan almashtirsa bo‘lishini tahlil qiling. Avvaliga ekran vaqtini cheklashga harakat qiling. Birinchi qadam statistikani kamida yarim soatga, masalan, haftada ikki yarim soatga kamaytirishga harakat qilishdir. Darhol barcha akkauntlaringizni o‘chirishning hojati yo‘q.
Ovozni o‘chirish tugmasi (Mute)dan foydalaning yoki obunani bekor qiling
Siz eng ko‘p vaqt o‘tkazadigan besh kishining yig‘indisisiz, degan iborani eshitgandirsiz. O‘zingizga va ruhiy holatingizga e’tibor bering va «bo‘sh» profillarni o‘chirib qo‘ying yoki sizga ilhom, motivatsiya va baxt keltiradigan profillarni qoldiring. Qanchalik kam obuna bo‘lsangiz, ijtimoiy tarmoqlarda shunchalik kam vaqt sarflaysiz.
Telefoningizni ertalabki 09:00 gacha tekshirmang
Foto: Elle
Ko‘pchilik ofis xodimlarining jadvali ertalab soat 9 ga qadar telefonga tegmaslikka imkon beradi. Sizga hech narsa bermaydigan va bir necha daqiqadan so‘ng unutiladigan ma’lumotni o‘qish o‘rniga, qo‘shimcha yarim soat uxlashingiz mumkin.
Ma’lum bir vaqtni belgilang, masalan, ertalab soat 09:00 yoki uyg‘onganingizdan 60 daqiqadan so‘ng. Bir chashka qahva ichmaguningizcha yoki ertalabki yumushlaringizni qilmaguningizcha telefonni tekshirmaslikka harakat qiling.
Telefonni boshqa xonada qoldiring
Ba’zan telefoningizni boshqa xonada qoldirishga harakat qiling. Qo‘lingizdagi gadjetni kitobga almashtirganingizdan so‘ng, onlaynda qanchalik kam narsa sodir bo‘lishiga hayron qolasiz. Biroz vaqt o‘tgach, bu vaqtni oshiring va telefonsiz sayrga chiqing. Siz bu qiyin qaror bilan o‘zingizda erkinlik paydo bo‘lishini his qila boshlaysiz.
Telefondan stol atrofida foydalanmang
Foto: Elle
Ko‘pchiligimiz do‘stlarimiz bilan uchrashganimizda beixtiyor telefonni qo‘limizga olamiz va do‘stimiz ta’tili haqida gapirayotganda avtomatik ravishda biror narsani ko‘ra boshlaymiz. Do‘stingizni eshitsangiz ham, bu unga nisbatan odobsizlik va suhbatdoshingiz uchun juda yoqimsiz holat.
Keyingi uchrashuvda gadjetlarni stol o‘rtasiga qo‘yishni taklif qiling. Quyidagi shart bilan: telefonni birinchi olgan kishi hisobni yoki kokteyl pulini to‘laydi.
«Social dilemma» filmni ko‘ring
Netflix hujjatli filmi ijtimoiy tarmoqlar ongimizni qanday boshqarishini, zararsiz xaridlardan tortib ovoz berish natijalariga qadar, o‘z joniga qasd qilish darajasi, ruhiy tushkunlik, tashvish va giyohvandlik bilan bog‘liq boshqa narsalar telefon ixtiro qilinganidan keyin qanday oshganini tushuntirib beradi; cheksiz axborot ta’sirida miyamiz qanday o‘zgaradi va diqqat qanchalik tarqaladi; kompaniyalar foydalanuvchilar haqida ma’lumot to‘plashi va nima uchun dasturchilar o‘z farzandlariga nafaqat ijtimoiy tarmoqlarga, balki gadjetlarga ham ruxsat bermasligini bilib olasiz.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”