Qadimgi davrlarda faqat diniy maqsadlar yo‘lida xizmat qilgan xushbo‘y iforlar bugungi kunga kelib hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Aksariyat yurtdoshlarimiz parfyumeriya vositalaridan keng foydalanadi. Biroq barcha ham atirlarni samarali ishlatish bo‘yicha yetarlicha ma’lumotga ega emas. Aromastilist Dilshod Hojiqurbonov bu borada o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.
Atirlarni qayerga sepgan ma’qul?
Odatda atirlar bilakdagi puls aniqlanadigan nuqtalarga, bo‘yin, ko‘krak, iyak osti, tirsakka sepiladi. Qizlar sochining uchiga yoki tarog‘iga purkab yoki tizzaning orqa tarafiga sepish kerak deyishadi. O‘zingiz uchun sepsangiz bo‘ladiku-ya, lekin men maslahat bermayman. Chunki oyoqdan yuqorigacha hid «chiqmaydi».
Mening tavsiyam – oilali insonlar yelka qismlariga ham sepsa, jufti yoniga kelganida o‘zidan yoqimli ifor taralib turadi.
Atirni qancha masofadan sepish kerak?
Har bir atirning purkash masofasi turlicha. Qaysidirining sachrashi mayin bo‘ladi, qaysinidiriniki esa kuchli. Fikrimcha, atirni o‘rtacha 5-10 sm uzoqlikda tutib sepish kerak.
Yozda kuchli atirlardan foydalanilayotganda uni dastlab havoga sepib, ichiga kirgan ma’qul. Shunda o‘tkir hid unchalik bilinmaydi.
Parfyumlarni yuvingandan so‘ng yoki quruq toza teriga sepish tavsiya etiladi. Yana bir ma’lumot: sepgandan so‘ng artmaslik kerak, yo‘qsa muattar uyg‘unlik yo‘qoladi.
Tanaga sepgan ma’qulmi yoki kiyimga?
Men ko‘proq kiyimga sepishni tavsiya qilaman, chunki liboslarda ifor uzoq saqlanadi. Ayniqsa, qishki kiyimlarda. Afsuski, yozgi, aniqrog‘i, yupqa kiyimlarda bunday deb aytolmayman. Sababi yozgi kiyimlar tez qurigani kabi, atir ifori ham tez parlanadi.
Atirning yaroqlilik muddati qancha?
Odatda atir qutilarida yaroqlilik muddati yozib qo‘yiladi. Aksariyat parfyumlarda o‘rtacha ochilganidan boshlab 3-5 yilni tashkil qiladi. Lekin bunga jiddiy qaramaslik kerak. barcha atirlarning tarkibida spirt bor va bu mahsulotning uzoq muddat turishini kafolatlaydi. Unda nimaga bunday yaroqlilik muddatlari yoziladi, degan savol tug‘ilishi mumkin.
Chunki bu g‘oya marketologlar tomonidan mijozlar mahsulotni tezroq ishlatish, tugatishi uchun o‘ylab topilgan. Qolaversa, har bir ishlab chiqaruvchi kompaniya o‘z davlati talablaridan kelib chiqib, mahsulotlarga aniq muddatlarni yozib qo‘yadi.
Biroq atirlarni uzoq muddat xizmat qilishini istasangiz, uni saqlashga e’tiborli bo‘ling.
Ko‘pchilik ayollar atirlarini yuvinish xonasiga qo‘yadi. erkaklar esa mashinalariga. Ammo unga aslo quyosh nurlari tik tushmasligi kerak, shuningdek, o‘zgaruvchan harorat va namlik atir iforiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bir flakon atir qanchaga yetadi?
100 ml atirni 1000-1500 marta sepish mumkin. Bu 14-16 oy ishlatish mumkin deganidir. 50 ml atir o‘rtacha 735 marta sepiladi. Bu shishacha 7-8 oy davomida sizdan yoqimli ifor taratishga hissa qo‘shadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi