Foto: Grazia
Albatta, har bir ayol hech bo‘lmaganda bir marta tasodifan yuzida makiyaj bilan uxlab qoladi va ertasi kuni ertalab u bor kuchi bilan bo‘yalgan tush va tonal kremni o‘chirishga harakat qildi. Agar bu juda kamdan-kam hollarda sodir bo‘lsa, teri haqida tashvishlanishga hojat yo‘q. Biroq agar uyquga yotishdan oldin makiyajni tez-tez yuvishni unutib qo‘yadiganlar noxush oqibatlarga tayyor bo‘lishi kerak, deb yozadi Grazia.
Sezish mumkin bo‘lgan birinchi narsa — yuzda husnbuzar miqdorining ko‘payishi. Tonal krem va kukun teri teshiklarini to‘sib qo‘yadi, bu esa ta’sirchanlik xususiyatini keltirib chiqaradi. Agar kechasi makiyaj yuvilmasa, teri yanada sezgir va ta’sirchan bo‘lib qoladi. Lekin bu hammasi emas.
Eng xavflisi — tush, ten va ko‘z qopqog‘ini yuvmaslik. Oftalmologlar ogohlantirishicha, ko‘zni makiyajdan tozalamaslik kiprik ildizlari yaqinida joylashgan yog‘ bezlarini yopishishi va yorilishlarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ko‘zda qizarish va allergiya paydo bo‘ladi.
Muammolarning oldini olish uchun har doim yotishdan oldin terini tozalash tavsiya etiladi. Agar makiyaj bilan uxlab qolgan bo‘lsangiz, uyg‘ongandan keyin qiladigan birinchi ish uni maxsus vosita bilan artib tashlash, keyin yuzni tozalovchi ko‘pik yoki gel bilan yuvish kerak. Shuningdek, terini toza sochiq bilan quritish ham lozim. Qolaversa, yostiq jildini yuvishni unutmaslik kerak, ehtimol, unda ham kosmetika izlarini qolgan bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»