11:55 / 30.06.2022
1 514

Aqliy faoliyatni yaxshilashga yordam beradigan mahsulotlar

Aqliy faoliyatni yaxshilashga yordam beradigan mahsulotlar
Foto: Marie Claire
Ba’zi mahsulotlar aqliy faoliyatni yaxshilashga yordam berishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Ularning tarkibidagi mikroelementlar miyani rag‘batlantiradi va uning yaxshi holatda bo‘lishiga imkon beradi. Marie Claire nashri ular qaysi mahsulotlar ekani haqida gapirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, miya uchun eng foydali mikroelementlar yog‘lardir. To‘yinmagan yog‘li kislotalarga boy ratsion xotira uchun muhim rol o‘ynaydigan neyrotransmitter atsetilxolin ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rag‘batlantiradi.

Umuman olganda, to‘g‘ri ovqatlanish hayot davomida miyaning rivojlanishi va sog‘liqqa katta ta’sir qiladi. Miya doimo rag‘batlantirib turilishi kerak — organizmdagi barcha metabolik energiyaning 20 foizi uning faoliyati uchun sarflanadi, shuning uchun yog‘ kislotalari eng to‘yimlisi hisoblanadi.

Omega-3 va Omega-6 guruhlarini o‘z ichiga olgan muhim yog‘ kislotalari miya faoliyati uchun zarurdir. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yuqorida aytib o‘tilgan elementlar guruhlari ruhiy tushkunlik bilan kurashishga va hissiy holatni barqarorlashtirishga yordam beradi. Afsuski, organizm omega-3 va omega-6 yog‘ kislotalarini mustaqil ravishda ishlab chiqara olmaydi, shuning uchun ularning manbalarini ratsionga kiritish juda muhimdir.

Dokozageksayen kislota inson salomatligi uchun eng qimmatli omega-3 ko‘p to‘yinmagan yog‘li kislotalardan biridir. Bu yurak-qon tomir tizimining to‘g‘ri ishlashi uchun zarurdir. U aterosklerozning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, qon aylanishini yaxshilaydi, kardioprotektiv va antiaritmik ta’sirga ega. Shuningdek, u xotira va so‘zlashish qobiliyati kabi miya funksiyalarida muhim rol o‘ynaydi.

Miya salomatligi uchun zarur bo‘lgan 6 ta mahsulot

Baliq
Baliq omega-3 yog‘ kislotalariga boy. Bug‘da pishirilgan baliq o‘zida barcha foydali elementlarni saqlab qoladi. Baliqni sushi shaklida iste’mol qilish ham mumkin.

Avokado
Avokado tarkibidagi to‘yinmagan yog‘li kislotalar aqliy faoliyatga foydali ta’sir ko‘rsatadi va miyaning ishlashi uchun zarur bo‘lgan to‘g‘ri qon oqimiga yordam beradi.

Yong‘oq
Yong‘oqlar to‘yinmagan yog‘li kislotalar va E vitaminining ajoyib manbai bo‘lib, ikkalasi ham miya faoliyatini yaxshilaydi. Bodom, yeryong‘oq va yong‘oq ham kognitiv buzilishning oldini olishga yordam beradi.

Tuxum
Tuxum tarkibida B4 vitamini mavjud bo‘lib, u xotira va asab tizimini yaxshilaydi, shuningdek, antidepressant ta’sirga ega.

Zaytun moyi
Zaytun moyi xotirani yaxshilashga yordam beradi va ba’zi tadqiqotlarga ko‘ra, demensiya va kognitiv buzilishlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Kokos yog‘i
Kokos yog‘i o‘zida triglitseridlarni o‘z ichiga oladi, yog‘ kislotalarining maxsus klassi organizm tomonidan osonroq hazm qilinadi va ortiqcha vaznga qarshi kurashda yordam beradi, lekin eng muhimi, ular asab tizimini tiklashga hissa qo‘shadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Aqliy faoliyatni yaxshilashga yordam beradigan mahsulotlar