To‘liq hayot kechirayotgan zamonaviy odam uchun uyqu yetishmasligi muammosi eng dolzarb masala hisoblanadi. Marie Claire nashri ertalabki uyquni qanday yengish kerakligi haqida ma’lumot beradi.
Qahva iching
Foto: Getty Images
Uyg‘ongandan keyin bir soat davomida qahva ichmaslik kerak degan qoida mavjud. Oxirgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu vaqt davomida tanada kortizol ishlab chiqariladi, bu esa organizmning uyg‘onishiga yordam beradi. Boshqa tomondan, kofein ushbu «stress» gormoni ishlab chiqarishni blokirovka qilish orqali ushbu tabiiy jarayonga aralashadi. Natijada uyqudan keyin odatdagi ritmni tiklash uchun tanaga ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi.
Yalpiz chaynang (yoki yalpizli biror narsani)
Foto: Getty Images
Agar oldingizda yalpiz bo‘lmasa, unda mentolli saqich yordam beradi — uning ta’siri ikki baravar yorqinroq bo‘ladi. Mentolning o‘zi energiya kuchaytiruvchi bo‘lib, tanani quvvatlantiradi, chaynash esa miyani faollashtiradi — miya ovqat hazm qilish jarayonini boshlash kerak deb o‘ylay boshlaydi. Shuning uchun quvnoqlik tuyg‘usini keltirib chiqaradigan insulin ishlab chiqaradi.
Qo‘llaringizni yuving
Foto: Getty Images
Yuz, bosh, tana emas, balki faqat qo‘llarni sovuq suv bilan yuving. Ushbu uslub tezda o‘zingizga kelishingizga imkon beradi va nafaqat uyquchanlik bilan kurashish usuli, balki issiqda tanani sovitish, shuningdek, stressli vaziyatda asabiy taranglikni bartaraf etish uchun ham yaxshi. Bunday reaksiya qo‘llar butun organizm bilan bog‘lanish nuqtalariga ega bo‘lgani bilan bog‘liq.
Massaj qiling
Foto: Getty Images
Tanamiz bir nechta nuqtalarga ega, o‘rtacha bosim tanadagi qon aylanishini oshirishga imkon beradi, bu esa uyquchanlikdan xalos bo‘lishga olib keladi. Boshga, bo‘yin orqasiga, quloq bo‘shlig‘iga, bosh va ko‘rsatkich barmoqlari orasidagi nuqtaga va tizzalar ostidagi joyga sekin dumaloq harakatlar bilan bosib, o‘zingizni massaj qiling.
Yog‘och stulga o‘tiring
Foto: Getty Images
Stul temir, cho‘yan, plastmassa bo‘lishi mumkin — har qanday, lekin yumshoq narsa emas, hatto kreslo yoki divan ham emas. Sizning vazifangiz o‘zingiz uchun bir muddat yashashning eng noqulay sharoitlarini yaratishdir. Vaqtinchalik o‘tiriladigan qattiq yuza noqulaylik tug‘diradi va uyqungiz o‘chib ketadi, chunki noqulay holatda uxlashni xohlamaysiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...