18:39 / 11.07.2022
1 814

O‘rikning inson organizmiga foydali jihatlari

O‘rikning inson organizmiga foydali jihatlari
Foto: «Yandex.ru»
O‘rik shirinliklardan oldin, shirinlik o‘rniga iste’mol qilinadigan eng yaxshi mevalardan biridir. Agar siz shirinlik iste’mol qilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu meva qo‘shib tayyorlangan shirinlikni tanlang, bu organizmingiz uchun ham foydalidir. Ko‘plab diyetologlar o‘rikning inson tana a’zolari uchun foydali ekanini aytgan.

Ushbu meva inson sog‘lig‘i uchun foydali jihatlarga — vitaminlar, mikroelementlar va kislotalarga boy. Biroq o‘rikni ham ortiqcha iste’mol qilmaslik kerak. Yuqori shakar miqdori tufayli o‘riklarni (ayniqsa quritilganlarini) iste’mol qilish qandli diabetga chalinganlarning ovqat hazm qilish traktini buzishi mumkin.

Qon tomirlarini va yurak faoliyatini yaxshilaydi

Yangi uzilgan o‘rikdagi kaliy bananlarga qaraganda bir oz kamroq, quritilgan o‘rik esa mikroelementlarga boy. Shuning uchun kardiologlar yozgi ratsionga ushbu mevalarni kiritishni maslahat beradi. Kuniga atigi 100-150 gramm o‘rik yeyilsa yurak-qon tomir tizimi kasalliklari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi va qondagi yomon xolesterin miqdorini yo‘qotadi.

Jigarning sog‘lom bo‘lishini ta’minlaydi

Turk olimlari o‘rikni muntazam iste’mol qilish steatoz, ya’ni yog‘li jigar xavfini kamaytirishini aniqladi, biroq bu tekshirish hali ham laboratoriya kalamushlarida amalga oshirilmoqda. Shunisi ma’lumki, diyetologlar jigar sog‘lom bolishi haqida qayg‘uradiganlarga o‘rikni iste’mol qilishni maslahat beradi.

Stressni kamaytiradi

S vitamini va tokoferollarning yuqori miqdori tufayli yangi va quritilgan o‘riklar antioksidant ta’sirga ega. Kosmetika sanoatida ushbu mevadan olingan yog‘lar va ekstraktlar nafaqat terining foydasi uchun ishlaydi, balki butun tananing hujayralarida oksidlovchi stressni yengillashtiradi.

Vazn yo‘qotishga yordam beradi

O‘rik tanadan ortiqcha suvni oson, tez chiqarib tashlaydi va ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi. Biroq o‘rikni juda ko‘p miqdorda iste’mol qilish parhez jarayonini o‘tkazib yuborishga olib keladi va uning tarkibidagi shakar sog‘likning yomonlashishiga sabab bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » O‘rikning inson organizmiga foydali jihatlari