date

Vaqtni o‘z izmingizga soling

Vaqtni o‘z izmingizga soling

- Bir kunni behuda sarflar ekansiz, omad keltiradigan asosiy kunlarning biridan ayrildim, deyavering. Demak, har bir kunni aql bilan o‘tkazishga urining.

- Vaqt – faoliyatimizning eng qadrli nuqtasi bo‘laturib, biz uni maydalab isrof qilamiz, bemaqsad sovuramiz. Biz jiddiy faoliyatga kamroq, mayda narsalarga ko‘proq vaqt ajratishimizga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim.

- Maqsadga erishish kaliti tartib-intizomdir. Ichki intizom tartiblariga rioya qilib, yangi hayot jarayonini boshlab yuborasiz.

- Kundalik reja bilan ishlang. O‘z ishingizni reja asosida taqsimlang.

- Hazil egasi bo‘ling va o‘zgalar hazilini qadrlang.

- Ishni tahlil qilib, joyga, sharoitga tanqidiy yondoshing, har doim maqsadni ko‘zlab kelajakka intiling.

- Hech qachon, har qanday sharoitda ruhingizni tushirmang, aksincha g‘alaba qozonish uchun butun talabchanligingizni ko‘rsating.

- Maqsadga erishmasdan ishni tashlasangiz, Siz shunchaki yalqovsiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Vaqtni o‘z izmingizga soling