13:03 / 18.07.2022
1 963

Orzungizdagi qomat: Vazn yo‘qotishga yordam beradigan 6 xil choy

Orzungizdagi qomat: Vazn yo‘qotishga yordam beradigan 6 xil choy
Foto: Marie Claire
Yozning issiq kunlarida ko‘p insonlar ta’tilga chiqadi. Bu kunlarda tanani faollashtirish kerak bo‘ladi. Shu bilan birgalikda vazn yo‘qotish haqidagi suhbatlarda metabolizm atamasi tez-tez quloqqa chalinadi: tez, normal va sekin bo‘lishiga qarab vazn yo‘qotish muhokama qilinadi.

Metabolizm nima?
Tanangiz energiyaga ishlab chiqarishi uchun siz yegan va ichgan hamma narsadan foydalanadi. Agar sizda metabolizm tez bo‘lsa, tanangiz energiyani tez ishlab chiqaradi va bu esa sog‘lom tarzda vazn yo‘qotishga yordam beradi.

Vazn yo‘qotish uchun aynan bir mahsulot kifoya qilmaydi, buning uchun turli mahsulotlardan foydalanish kerak. Shuni unutmaslik kerakki, mikroelementlar va antioksidantlarga boy ichimliklar metabolizmni tezlashtirishga va maqsadingizga erishishingizga yordam beradi. Bunday ichimliklardan biri choy hisoblandi. Quyida vazn yo‘qotishga yordam beradigan choy turlari haqida ma’lumot beriladi.

Zanjabil choyi

Foto: Marie Claire
Zanjabil choyi vazn yo‘qotishda yordam beradigan eng foydali ichimliklardan biri hisoblanadi. Uning tarkibida noyob birikmalar: gingerol va segaol mavjud bo‘lib, ular organizmga antioksidant ta’sir ko‘rsatadi va erkin radikallarning zararlanishini kamaytiradi. Radikal zararlanish tanaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, oksidlovchi stressni oshiradi, bu esa kilogramm ortishiga olib keladi. Shuning uchun zanjabil choyini diyetangizga qo‘shganingiz ma’qul.

Qora choy

Foto: Marie Claire
Ushbu ichimlikni iste’mol qilish madaniyatning bir ko‘rinishi sifatida ham e’tirof etiladi. Yoqimli ta’mdan tashqari qora choy tarkibida kofein (me’yorida), shuningdek, metabolizmni tezlashtirishga yordam beradigan foydali moddalar mavjud. Tadqiqotlarga ko‘ra, qora choy tarkibida ko‘p miqdorda flavon mavjud bo‘lib, ular metabolizmni kuchaytiradi va tanadagi ortiqcha kaloriya va yog‘larni parchalaydi va vazn yo‘qotishga yordam beradi.

Matcha

Foto: Marie Claire
Matcha ham ortiqcha vazn bilan kurashishga yordam beradigan foydali ichimlikdir. Ovqatlanishdan oldin bir chashka matchani iste’mol qilish metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi. Ichimlik tarkibidagi mikroelementlar yog‘larni oksidlaydi, bu metabolizmning tezlashtiradi.

Ko‘k choy

Foto: Marie Claire
Choyning ushbu turi vazn yo‘qotishga katta yordam beradi. Ko‘k choy choy yog‘larni parchalashga yordam beradigan antioksidantlarga boy. Bunday choyni mashg‘ulotdan oldin va keyin ichish ayniqsa foydali hisoblanadi. Ichimlik tarkibidagi katexinlar yog‘ hujayralarini parchalashga katta yordam beradi.

Ulun choyi

Foto: Marie Claire
Ulun choyi vazn yo‘qotish uchun ham foydalidir. Ichimlik tarkibidagi elementlar organizmdagi yog‘larning so‘rilishiga ta’sir qiladi. 2009 yilda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, olti haftalik tajribadan so‘ng, kuniga 8 gramm ulun choyi ichgan insonlarning 66 foizidan ortig‘i ushbu ichimlikni o‘z diyetasiga kiritganliklari uchun taxminan 1 kilogramm vazn yo‘qotgan.

Roybush

Foto: Marie Claire
Boshqa choy turlaridan farqli o‘laroq, roybush tarkibida kofein mavjud emas. Asl vatani Januniy Afrika bo‘lgan ushbu ichimlikning tarkibida aspalatinning yuqori miqdori bo‘lgani sababli shakar almashinuvi, shuningdek, metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Orzungizdagi qomat: Vazn yo‘qotishga yordam beradigan 6 xil choy