date

Burjingizga mos resept

Burjingizga mos resept

Hamal burjidagilar uchun miya, bug‘im, asablar faoliyatini rag‘batlantiruvchi fosfat, kaliy va organik temir moddalari quvvatbaxsh tuzlar ekanligini, afsuski, ko‘pchilik bilavermaydi. Hamal ko‘pincha asosan A, V1, C darmondorilarga muhtoj bo‘ladi. Parhez tavsiya etiladi – lavlagi, selderey, sabzi, xurmo, yong‘oqlar.

Savr burjidagilar uchun asal va natriy sulfat quvvatbaxsh tuzlar hisoblanadi. Ular zaharlanishning oldini oladi va tanadagi ortiqcha suvni haydaydi. Zaruriy darmondorilar – A, E. Savr taomnomasida yog‘siz mol go‘shti, pishloq, suli, piyoz, karam, lavlagi bo‘lishi kerak.

Javzo burjidagilar immunitet tizimini mustahkamlovchi, mustahkam asab tizimini shakllantiruvchi va depressiyalarda kayfiyatni yaxshilovchi, tarkibida kalsiy xlorid bo‘lgan oziq-ovqatlarga muhtoj. Zaruriy darmondorilar – V, C, E, D guruhlari. Tavsiya etilgan parhez – yog‘siz go‘sht, pishloq, don, qovoq, baqlajon, uzum, nok, zaytun.

Saraton burji ostida tug‘ilganlar tananing suv-tuz mutanosibligida muhim o‘rin tutadigan ftorid kalsiyga boy taomga ehtiyojmand bo‘lishadi. Zaruriy darmondorilar – V2, C, E. Saraton dasturxonida dengiz mahsulotlari, sut, karam, limon, mayiz, javdari qora non va choy bo‘lishi shart.

Asad burjidagilarga salomatlik, xotirjamlik va navqironlikni saqlashda ularning quvvatbaxsh tuzi – magniy fosfat yordam beradi. Shuningdek, C va E darmondorilari, turli yormalar, baliq, yong‘oq, tuxum, sitrus o‘simliklari, dukkakli o‘simliklar, salat ular dasturxonida muhim o‘rin tutadi.

Sunbula burjidagilarning quvvatbaxsh tuzlari – kaliy sulfati va temir fosfatidir. Ular grechka, suli, tariq, olma, qovoqcha, bodom tarkibida bo‘ladi. Zaruriy darmondorilar – V guruhi.

Mezon burji ostida tug‘ilgan kishilar asal, marganes, kaliy va natriy fosfatlarga muhtoj bo‘lishadi. Zaruriy darmondorilar – A va E. Ular dasturxonida tozalanmagan guruch, baliq, tuxum, ko‘kat, anjir, sitrus o‘simliklari, bodring, salat, lavlagi, klyukva, yong‘oq, grechka, tariq bo‘lishi shart.

Aqrab burjida tug‘ilgan kishilarga hayotiy faoliyatini saqlashda tarkibida kalsiy sulfati, temir, natriy moddalari bo‘lgan oziq-ovqatlar yordam beradi. Ularning oxirgisi qonni tozalab, jigar faoliyatiga samarali ta’sir ko‘rsatadi va shamollash jarayonlarida yordam beradi. Zaruriy vitaminlar – V, C va E. Shuningdek, yog‘siz go‘sht, sarsabil, rediska, olxo‘ri, sut, boshoqli o‘simliklar, grechka yormasi, mol jigaridir.

Qavs burjidagilarning quvvatbaxsh tuzlari – kremnezem va xlorlangan kaliydir. Ularning birinchisi haddan ziyod charchashga yordam beradi, ikkinchisi esa hujayralar almashinuvini tartibga soladi. Zaruriy darmondorilar – C va E. Uning dasturxonida ko‘plab ko‘katlar, petrushka, selderey, salat, yalpiz, rayhon, dukkakli o‘simliklar, barra sabzavotlar, karam, qichitqio‘t, yangi qatiq bo‘lishi kerak.

Jadiy burji ostida tug‘ilganlarga tarkibida fosfat va kalsiy florid bo‘lgan oziq-ovqatlar zarur. Zaruriy darmondorilar – A, C va E. Jadiy dasturxonida parhez go‘sht, kefir, makaron mahsulotlari, barra va qaynatilgan sabzavotlar, olxo‘ri, petrushka, selderey bo‘lishi darkor.

Dalv burji ostida tug‘ilganlarga magniy fosfati va xlorli magniy moddalari zarur. Zaruriy darmondorilar – C va E. Dalv dasturxonida asal, limon, olma, qattiq pishloq, ko‘kat, o‘simlik yog‘lari, kakao, soya, grechka bo‘tqasi, loviya, eryong‘oq bo‘lishi shart.

Hut burjida tug‘ilganlarga kaliy sulfati va temir fosfati, organik yod zarur. Zaruriy darmondorilar – C, D va E, shuningdek, mol jigari, grechka, behi, na’matak, rediska, yong‘oq, anor, uzum va olma.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Burjingizga mos resept

Ko'p o'qilgan Foydali yangiliklari