Arslon (23 iyul – 23 avgust)

Foydali1 daqiqa o'qish14.8K
Arslon (23 iyul – 23 avgust)
Arslon (23 iyul – 23 avgust)

Ramzlari: arslon, oqqush.

Ranglari: qirmizi (to‘q qizil), tillarang, to‘q sariq, alvonrang (och qizil), qora (oq – omadsiz rang).

Toshlari: qahrabo, xrizolit, topaz, la’l, olmos.

Gullari: sallagul, hamishabahor, gladiolus, xrizantema.

Omadli raqamlari: 1, 5, 9, 11.

Omadli kuni: yakshanba.

Omadsiz kuni:
shanba.

23 iyul - 1 avgust oralig‘ida tug‘ilgan arslon burji vakillarini Saturn sayyorasi boshqaradi. Ular hayotga sinovchan nigoh tashlaydi. Har bir voqea-hodisani yuragidan o‘tkazib, so‘ng idrok etadi. Yirik adib bo‘lib yetishishi mumkin. Shuningdek, tashkilotchilik qobiliyatiga ega. Matonatli. Katta miqdorda pul ishlab topishi mumkin. Maqsadiga erishish yo‘lida qat’iyatli. Qiyinchiliklarga bardoshli. Og‘ir-bosiq, mas’uliyatni chuqur his etadi. Farzandlari bilan munosabatlari anchayin murakkab kechadi. Tanishlari nihoyatda ko‘p. Hayotiy quvvati pastroq.

2-12 avgust oralig‘ida tug‘ilgan arslon burji vakillarini Yupiter boshqaradi. Ular ko‘pincha o‘z fikrini, hatto nohaqligini bilsa ham, ustun qo‘yadi. Hamisha ko‘pchilikdan ajralib turishga intiladi. Iqtidorli notiq, aktyor, musavvir. U chizgan natyurmortni ko‘rsangiz, suratda aks etgan mevalar so‘lagingizni oqizib yuboradi. Hayotda doimo muvaffaqiyatga erishadi. Omad uning ortidan ergashib yuradi. Atrofdagilarning unga havasi keladi. Amal pog‘onasidan oson yuqorilaydi. Tanqidga toqati yo‘q. Ajoyibu g‘aroyib rejalar tuzadi.

13-23 avgust oralig‘ida tug‘ilgan arslon burji vakillarini Mars boshqaradi. Ularning hayotida va xizmat faoliyatida tez-tez o‘zgarishlar yuz berib turadi. Buyuk sportchi bo‘lib yetishishi, harbiy va siyosiy sohada olamshumul shuhrat qozonishi mumkin. Mansabparast. Umrida bir necha bor nikohdan o‘tishi mumkin. O‘zining fikriga qo‘shilmaydiganlarga nisbatan toqatsiz va qo‘pol. Raqiblari bilan tezda dahanaki jangga kirishishi, hatto mushtlashib ketishi mumkin. Qaddi-qomati xuddi sportchilarnikiga o‘xshaydi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?