Foto: «Wday.ru»
Qon bosimi inson salomatligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Bu qonning qon tomirlariga ta’sir qiladigan bosimi. Qon bosimi arterial, venoz, kapillyar bo‘lishi mumkin. Shifoxonalarda va uyda qon bosimini o‘lchash odatiy holat, Wday nashri qon bosimining normal ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot berdi.
Qon bosimi normasi haqiqatan mavjudmi?
Butun dunyodagi shifokorlar qon bosimi normasi o‘zgaruvchan ko‘rsatkich ekanini aytgan. Qon bosimi yoshga, jinsga, kasalliklarga, ovqatlanishga bog‘liq. Shunga qaramay, «ish bosimi» degan narsa bor, har bir shaxs uchun optimal bosim hisoblanadi.
Shuning uchun, shifokor bilan bog‘langanda, bemor har doim «ish» ko‘rsatkichi haqida ma’lumot berishi kerak. Gipotenziv va gipertenziv bemorlar bor: gipotenziv bemorda qon bosimi har doim darajada past bo‘ladi, gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarda esa ko‘tariladi. Umuman olganda, ayrim insonlarning qon bosimi doimiy ravishda o‘zgarib turadi.
Qanday qilib qon bosimini to‘g‘ri o‘lchash mumkin?
Agar qon bosimingizni o‘lchamoqchi bo‘lsangiz, bu ishni tinch muhitda bajaring. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmang va ruhiy tushkunlikka tushmang. Faqat tinch holatda optimal qon bosim ko‘rsatkichini ko‘rishingiz mumkin.
O‘lchov moslamasi ishlayotgan paytda bir holatda qimirlamay o‘tiring, qo‘lingizni qimirlatmang va harakatlar qilmang.
Foto: «Wday.ru»
Yosh bo‘yicha qon bosim normasi
Bosimni o‘lchaganingizdan so‘ng, uni o‘rtacha qiymatlar bilan solishtiring. Quyida qon bosimlarining normal o‘lchamlari keltiriladi:
- 20 yoshgacha: erkaklar — 123/76, ayollar — 116/72;
- 30 yoshgacha: erkaklar — 126/79, ayollar — 120/75;
- 30-40 yoshgacha: erkaklar — 129/81, ayollar — 120/75;
- 40-50 yoshgacha: erkaklar — 135/83, ayollar — 144/85;
- 50-60 yoshgacha: erkaklar — 142/86, ayollar — 159/85.
Qanday holatlarda qon bosimi ko‘rsatkichidan xavotir olish kerak?
Agar qon bosimingiz ko‘tarilganini sezsangiz, shifokor bilan maslahatlashing. Shuningdek, yuqori qon bosimi bilan quyidagi alomatlar: boshning orqa qismidagi og‘riq, ko‘zlarning «uchishi», quloqlarda shovqin, bosh aylanishi, ko‘z nuri pasayishi paydo bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari oyoq-qo‘llarining uyushishi, yurish paytida qiynalish kabi jiddiy asoratlar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda shoshilinch tez yordam chaqirishingiz yoki shifoxonaga borishingiz kerak.
Foto: Wday
Qon bosimiga nima ta’sir qiladi?
Shuni yodda tutingki, qahva ham qon bosimining ko‘rsatkichlariga ta’sir qilishi mumkin.
Sigaretalar va boshqa tamaki mahsulotlarida mavjud bo‘lgan nikotin, metan, kadmiy va boshqa zararli kimyoviy moddalar tomirlarning torayishi va qon bosimining barqaror ko‘tarilishiga olib keladi. Bir kun kelib bu insult, yurak xuruji va o‘limga olib kelishi mumkin.
Spirtli ichimliklar va spirtli ichimliklarni o‘z ichiga olgan barcha turdagi kokteyllar tomirlarni kengaytiradi va insult yoki infarktga olib keladi. Spirtli ichimliklarning ruxsat etilgan dozasi kuniga taxminan 30 ml qilib belgilangan.
Jiddiy stress sog‘liq bilan bog‘liq ko‘plab muammolarini keltirib chiqaradi. Bu qon tomirlarini toraytiruvchi kortizol va adrenalinning ko‘p miqdorda chiqarilishiga olib keladi. Stress gipertonik muammolarning rivojlanishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Ob-havo o‘zgarishi. Ob-havoga sezgir odamlar ob-havo o‘zgarishi tufayli bosimning ko‘tarilishidan aziyat chekadi.
Homiladorlik — beqaror holat. Farzandni dunyoga keltirish vaqtida tana qattiq ishlaydi va unga kuchli bosim tushishi mumkin. Bunday holatda shifokorga tashrif buyurish va o‘zgarishlar dinamikasini kuzatish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin