21:43 / 30.08.2022
1 816

Mavsumiy meva: anjirning foydali va zararli xususiyatlari

Mavsumiy meva: anjirning foydali va zararli xususiyatlari
Foto: Depositphotos
Shakar organizmga zarar yetkazadi, shuning uchun diyetologlar undan voz kechishni yoki hech bo‘lmaganda cheklashni tavsiya qiladi. O‘zlarini zavqdan umuman mahrum qilmaslik uchun sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari shakarning turli xil muqobillarini qidirmoqda. Eng mashhurlaridan biri bu — anjir. Bu meva nafaqat shirin, balki ko‘plab foydali moddalarga boy.

Anjirning foydalari

Anjir — organizmdagi ko‘plab jarayonlar uchun zarur bo‘lgan misning haqiqiy manbayidir. Bu metabolizmni normallashtirish, yangi qizil qon hujayralari — eritrotsitlar, neyrotransmitterlar va biriktiruvchi to‘qimalarni ishlab chiqarish uchun zarur.

Bundan tashqari, meva B6 vitaminiga juda boy — bu organizmga oqsillarni aminokislotalarga ajratishga, ulardan energiya olishga yordam beradi, asab tizimining salomatligida muhim rol o‘ynaydi. Antioksidantlarga boy bo‘lgan anjir, shuningdek, yoshlikni saqlashga yordam beradi: tana hujayralarini erkin radikallar ta’siridan himoya qiladi, ajinlar va giperpigmentatsiyaning oldini oladi.

Anjirni muntazam iste’mol qilish yurak-qon tomir salomatligi uchun foydali. Ko‘plab tadqiqotlar anjirni iste’mol qilish orqali xolesterin miqdorini kamaytirish o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi. Qolaversa, meva K vitaminiga boy, u qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi, qonda tromblar paydo bo‘lishining oldini oladi.

Foto: Depositphotos
Anjirda kletchatka odatdagidan yuqori bo‘lgani uchun u oshqozon-ichak trakti faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Bu ichak harakatini yaxshilaydi, ovqat hazm qilishni rag‘batlantiradi va tizimda ayrim kasalliklarning oldini oladi.

Anjir har xil vitamin va mikroelementlarga juda boy, agar meva quritilsa, konsentratsiyasi sezilarli darajada oshadi. Biroq bu holda, shakar konsentratsiyasi va mevalarning kaloriya tarkibi deyarli 5 barobar oshadi, shuning uchun mutaxassislar meva holicha iste’mol qilishni tavsiya qiladi.

Anjirning zararli tomonlari

Anjirning zararli xususiyatlari aniqlanmagan, biroq bir qancha sabablarga ko‘ra undan ehtiyot bo‘lish kerak. Birinchidan, meva, ayniqsa, quritilganida qondagi glyukoza miqdorini keskin oshirib yuborishi mumkin bo‘lgan katta miqdordagi shakarni o‘z ichiga oladi va uzoq muddatda ikkinchi toifa diabet xavfini oshiradi. Qizig‘i shundaki, choy damlanadigan anjir barglari, aksincha, qonda shakar miqdorini nazorat qilish uchun ajoyib vosita hisoblanadi.

Foto: Depositphotos
Bundan tashqari, anjir, deyarli har qanday mahsulot kabi tarkibida ko‘p miqdorda shakar va meva kislotalari mavjudligi tufayli kuchli allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin. Uni hech qachon yemagan odam organizm qanday reaksiyaga kirishini bilish uchun ozroq miqdorda iste’mol qilishi zarur.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mavsumiy meva: anjirning foydali va zararli xususiyatlari