Tarozi (23 sentyabr – 23 oktyabr)
Ramzlari: tarozi, kitob.
Ranglari: to‘q zangori, ko‘k, yashil.
Toshlari: opal, lojuvard, olmos, marjon, sapfir, berill, yashil yashma, billur, xrizolit.
Gullari: kalendula, atirgul, binafsha.
Omadli raqamlari: 2, 6, 7, 8, 9, 15.
Omadli kunlari: juma, shanba.
Omadsiz kunlari: seshanba, yakshanba.
23 sentyabr - 2 oktyabr oralig‘ida tug‘ilgan tarozi burji vakillarini Oy boshqaradi. Ular o‘zini ezilganlar va haqoratlanganlarning himoyachisi deb biladi. Muhtojlarga oxirgi ko‘ylagini echib berishga ham tayyor. Tasviriy san’at va musiqani chuqur his etadi. Ta’sirchan bo‘lgani uchun tez xafa bo‘lib qolishi mumkin. San’atni, tabiatni sevadi. Ham jismonan, ham ma’nan go‘zal. Tabiat bilan jonli muloqotga kirishishni yaxshi ko‘radi. Uning uchun oilasi, farzandlari hamma narsadan aziz, qadrli. Sevsa umring oxirigacha sevadi, sadoqatli bo‘ladi. Sevgilisi uchun hamma narsaga tayyor.
3-13 oktyabr oralig‘ida tug‘ilgan tarozi burji vakillarini Saturn boshqaradi. Ular yolg‘izlikni yaxshi ko‘radi. Doimo o‘z xatti-harakatlarini nazorat qilib, tahlil etib turadi. Hamma ishi joyida bo‘lgan hollarda ham o‘zidan qoniqish hosil qilmaydi, shubha-gumonlardan xalos bo‘lolmaydi. Hamisha izlanishda bo‘ladi. Aniq fanlarga qobiliyati kuchli. His-tuyg‘ularini ochiq-oshkora namoyon etishga iymanadi. Hatto katta oilada ham o‘zini yolg‘iz his etadi. Sevimli odamlari bilan arazlashib qolishi mumkin. O‘ta aqlli. Do‘st sifatida sadoqatli.
14-23 oktyabr oralig‘ida tug‘ilgan tarozi burji vakillarini Yupiter boshqaradi. Ular musavvirlik, raqs tushish, chevarlik bobida tengi yo‘q. Ko‘rinishidan maftunkor bo‘lsa ham, sevgi borasida qiyinchiliklarga duch keladi. O‘tkinchi tuyg‘ularni boshdan kechiradi. Ba’zida hafsalasi pir bo‘ladi, ba’zida baxt qushi boshiga qo‘nadi. Dunyoqarashi keng, ochiq yuz. O‘zgarishlarga intiladi. Saxiy va bag‘rikeng. Falsafaga, dinga, sirli bilimlarga qiziqadi. Jamoat ishlarida faol qatnashadi. Tashkilotchilik qobiliyatiga ega. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing 