Tog‘ echkisi (22 dekabr – 20 yanvar)

Ramzlari: echki, narvon (zina), minora soatlari.
Ranglari: to‘q yashil, qora, kulrang, ko‘k, to‘q jigarrang va barcha to‘q ranglar.
Toshlari: yoqut, oniks, oytosh, lojuvard, la’l.
Gullari: oq chinnigul, qizg‘aldoq, pechak.
Omadli raqamlari: 3, 5, 7, 8, 14.
Omadli kunlari: seshanba, shanba.
Omadsiz kunlari: dushanba, payshanba.
22-31 dekabr oralig‘ida tug‘ilgan tog‘ echkisi burji vakillarini Yupiter boshqaradi. Ular sayohatga o‘ch. Boshqa mamlakatlar, xalqlar va madaniyatlar bilan qiziqadi. Xorijiy tillarni tez va oson o‘rganadi. Sevgi, yaxshi oila qurish bobida muayyan muammolarga duch kelishi mumkin. Katta maqsadlar yo‘lida zohidona hayot kechirishga, ehtiyojlarini cheklashga qodir. Pulni oqilona sarflaydi. Xizmat faoliyatida asta-sekin mansab pillapoyasidan ko‘tarilib boradi. Ammo yangi jamoaga qiyinchilik bilan ko‘nikadi. Boshqaruv ishlariga mohir.
1-10 yanvar oralig‘ida tug‘ilgan tog‘ echkisi burji vakillarini Mars boshqaradi. Ular o‘ta chidamli, jismonan juda baquvvat. Taqdirning har qanday zarbasiga bardosh bera oladi. Harbiylik, sport sohalarida tez muvaffaqiyat qozonadi. Erishib bo‘lmaydigan narsalarga intilishi oqibatida ko‘plab ko‘ngilsizliklarga duch keladi. O‘zi muhim deb hisoblagan maqsad sari qat’iyat bilan intiladi. Eng og‘ir sharoitlarda ham ishlay oladi. Yashagani sayin donishmandroq bo‘lib boradi. O‘z kasbining ustasi. Jonivor va ekinlarni mehr bilan parvarish qiladi.
11-20 yanvar oralig‘ida tug‘ilgan tog‘ echkisi burji vakillarini Quyosh boshqaradi. Ular yolg‘iz hayot kechiradi. Sodiq do‘st topishga qiynaladi. Faqat o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayangani uchun ko‘plab mashaqqatlarga sabot bilan chidaydi. Ko‘p bora hafsalasi pir bo‘lsa ham, yana o‘zini qo‘lga oladi. Sabr-bardosh, qat’iyatlilik – hayotdagi asosiy aqidalari. Yoshligidanoq turli sinovlarga duch kelib, ehtiyotkor bo‘lib qoladi. Sog‘lig‘i unchalik mustahkam emas. Umrining ikkinchi yarmida ijtimoiy hayotda va kasbiy faoliyatida yuksak mavqega erishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing