14:23 / 21.09.2022
3 559

Ana endi yig‘la...

Ana endi yig‘la...
Bundan uch yilcha oldin bir do‘stim uzoq urinishlar bilan Rossiya fuqaroligini olgan edi. Buni olish uchun esa u Rossiya fuqarosi bo‘lgan qiz bilan turmush qurdi.

Bugungi Rossiyada urushga safarbarlik e’lon qilindi, u barcha holatlar bo‘yicha safarbarlik talablariga mos tushadi.

O‘rtada ikkita farzand bor, O‘zbekiston fuqaroligini qaytarib olish uchun barcha tanishlarni ishga solmoqda.

Juda ko‘pchilik do‘stlarim Rossiyada ishlashgan, ular uchun Rossiya jannatning o‘zginasi, xalqiga unday qilib yuborgan, xalqi to‘q yashaydi deb og‘iz yirtishadi. Men endi ularning Rossiya uchun, Putin uchun jon berishlarini bir tomosha qilyapman.

Negadir hech kimning o‘lgisi yo‘q, hamma O‘zbekistonga qaytmoqchi, kindik qonim tukilgan Vatanim mening deyishmoqda.

Manba: @bektoshkhatamov

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ana endi yig‘la...