1 275
Vazn yo‘qotishga va qomatni chiroyli saqlashga yordam beruvchi nonushtabop 5 ta mahsulot
Foto: Marie Claire
Agar sog‘liq va vazn haqida qayg‘ursangiz, kun davomida to‘q yurish uchun nonushta muhim oziq moddalar, shuningdek, ko‘p miqdorda oqsil hamda sog‘lom yog‘lar bilan boyitilganiga ishonch hosil qilish kerak. Bu ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga va qomatni chiroyli saqlashga yordam beradi. Yaxshi nonushta — bu har qanday kunni to‘g‘ri boshlash kerak bo‘lgan jarayon. Marie Claire nashri qorin sohasidagi yog‘lardan xalos bo‘lishga yordam beradigan nonushtabop mahsulotlar nomini sanab o‘tdi.
Nonushta kunning eng muhim taomi ekani ko‘pchilikka ma’lum. Ertalab nonushta qilishni afzal ko‘rasizmi, kunning birinchi qismida nima iste’mol qilinsa, kunning qolgan qismida energiya bilan ta’minlashga yordam beradi. Nonushta nosog‘lom gazaklardan qutqaradi va sport yoki mashaqqatli ishlar uchun quvvat beradi. Aytgancha, quyida sanab o‘tilgan mahsulotlarni nafaqat ertalab iste’mol qilish mumkin, balki ular har doim ham organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydigan boshqa mashhur ertalabki taomlarga ajoyib alternativ hisoblanadi.
Losos balig‘i
Foto: Marie Claire
Losos balig‘i odatdagi nonushtada bo‘lishining yaxshi sababi bor. Yog‘li baliq — bu sog‘lom yog‘lar manbasining ajoyib namunasi bo‘lib, u organizmni juda yuqori kaloriyasiz to‘ydiradi. Bundan tashqari, losos organizmni oqsil va omega-3 yog‘ kislotalari bilan ta’minlaydi, bu esa yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytiradi. Baliq ham yod manbai bo‘lib, metabolizmni mukammal holatda saqlashga yordam beradi.
Tuxum
Foto: Marie Claire
Tuxum oqsilga boy, ya’ni ular uzoq vaqt to‘qlik hissini beradi. Ba’zi parhezlar tuxum sarig‘idan tiyilishni tavsiya qiladi va bunday usullarning tarafdorlari tuxumning sarig‘i yog‘li qism ekanidan qo‘rqib, faqat oqsilni iste’mol qiladi, ammo aynan sariq qismda tuxumning eng foydali xususiyatlari mavjud. Bundan tashqari, mahsulotning yog‘ miqdori vaznga darhol ta’sir qiladi, degan fikr yanglish qarashdir. Yog‘larning har xil turlari mavjud va ularning ba’zilari «sog‘lom yog‘lar» deb ataladi. Tuxum tarkibida sog‘lom yog‘lar mavjud bo‘lib, ular nafaqat umumiy salomatlikni yaxshilaydi, balki tezroq to‘qlikni his qilishga yordam beradi. Agar maqsadingiz vazn yo‘qotish bo‘lsa, to‘yingan yog‘lardan saqlanish lozim.
Olma
Foto: Marie Claire
Olimlar har doim juda qiyin ish hisoblangan yog‘ni erituvchi meva mavjudligini aniqladi. Oddiy olma beldagi qo‘shimcha santimetr va metabolik kasalliklar bilan kurashadi. Hammasi yog‘ning hujayralar tomonidan so‘rilishini cheklaydigan pektin tufayli yuz beradi.
Greypfruit
Foto: Marie Claire
Greypfruitlar ko‘pincha vazn yo‘qotish parheziga kiradi. Nordon sitrus mevalari hamma uchun emas, lekin ular kerakli qomatga tezroq erishishga yordam beradi. Bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ovqatdan oldin greypfruit iste’mol qilish ishtirokchilarni kamroq ovqat iste’mol qilishga majbur qiladi. Ertalabki nonushtaga ushbu mevani qo‘shish tavsiya etiladi, bu organizmga shakarning so‘rilishini sekinlashtiradigan foydali elementlarni beradi.
Chia urug‘lari
Foto: Marie Claire
Chia urug‘ining foydalari tufayli u super mahsulot deb nomlangan. Urug‘da nihoyatda ko‘p kletchatka bor, ya’ni chia iste’mol qilganda ko‘p suvni o‘zlashtiradi va ular oshqozonda gelga o‘xshash moddaga aylanadi, bu uzoq vaqt to‘qlik hissini uyg‘otadi. Bu ajoyib urug‘larni smetana, bo‘tqa, salat va pudingga qo‘shish mumkin. Uni tayyorlash uchun uch yoki to‘rt osh qoshiq chia urug‘i, 250 gramm o‘simlik suti va mevalar kerak bo‘ladi. Kechasi tayyorlangan pudingni tongda nonushtaga iste’mol qilish tavsya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan sex aniqlandi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi