Foto: The Voice Mag
Sovuq qishda oyoqlar ham qo‘llardan kam bo‘lmagan parvarishga muhtoj. Parvarishning uchta muhim qoidasi jiddiy muammolardan qochishga yordam beradi, deb yozadi The Voice Mag.
Sovuq mavsumda oyoqlar sog‘lig‘iga zarar bermaslik uchun shifokorlarning ushbu oddiy tavsiyalariga amal qilish lozim.
Oyoq kiyimlar quritgichidan foydalaning. Kuz-qish davrida botinka yoki etiklar har doim ham quruq bo‘lmaydi. Quritgich esa ulardan ortiqcha namlikni tez va samarali ravishda olib tashlashga yordam beradi. Bu bilan nafaqat oyoqlar sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilish, balki oyoq kiyim ichidagi bakteriya, zamburug‘, mog‘or va yomon hidlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qilish mumkin. Bundan tashqari, sovuqqa chiqishdan oldin issiq va quruq poyabzal kiyish ikki barobar yoqimli.
Paxta paypoq va kolgotka kiying. Bu termoregulyatsiya xususiyatlariga ega bo‘lgan yengil materialdir. Bir tomondan, bunday mahsulotlar oyoqlarni muloyimlik bilan isitadi, boshqa tomondan, ular nafas olishga yordam beradi. Sintetik materiallardan farqli o‘laroq, paxta namlikni yaxshi o‘zlashtiradi, bu esa oyoqlarni zamburug‘lardan himoya qiladi.
Karbamid moddali kremdan foydalaning. Bunday kremlar chuqur qatlamlardan suvni yuqoriga olib chiqadi. Karbamid to‘qimalarga chuqur kirib boradigan boshqa tarkibiy qismlarning o‘tkazuvchisi bo‘lib xizmat qiladi, namlovchi, oziqlantiruvchi va tiklovchi moddalarning so‘rilishiga yordam beradi. Shuningdek, oyoqlardagi qadoqlardan xalos bo‘lishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi