Foto: Peopletalk
Qishda ko‘plab insonlar gripp infeksiyasidan aziyat chekadi. Kasallikdan xalos bo‘lish uchun turli xil dori vositalarini iste’mol qilish yoki tabiiy usulda davolanish mumkin. Biroq kasallikni davolagandan ko‘ra, uning oldini olgan ma’qul. Peopletalk nashri qishda kasal bo‘lmaslikka yordam beradigan bir nechta usullarni taqdim etdi.
To‘g‘ri ovqatlanishga e’tibor bering
Ovqatlanish tartibingizda shakar va oddiy uglevodlarni kamaytiring. Ratsioningizga C va D vitaminlari, sinkga boy mahsulotlarni qo‘shing. Oziq-ovqat yengil bo‘lishi kerak, tarkibida protein va yetarli miqdorda klechatka (sabzavotlarda) bo‘lishi kerak. Muzlatilgan mahsulotlarda har doim kerakli vitaminlarni topish mumkin. Masalan, muzlatilgan no‘xat C vitaminiga boy, muzlatilgan ismaloq va brokkoli B12 vitaminining yaxshi manbalari hisoblanadi.
D vitaminini oling
D vitamini yetishmovchiligining oldini olish uchun kuniga kamida 600-800 ME, yetishmovchilik bo‘lsa, kamida 1500-2000 ME olish tavsiya etiladi. Ratsionga quyidagi mahsulotlarni qo‘shib tanadagi moddani to‘ldirishingiz mumkin: yovvoyi losos balig‘i, tunes va sardina, shuningdek, tuxum sarig‘i, mol go‘shti jigari, sariyog‘ va sut iste’mol qiling.
Himoya niqobini taqing
2020 yilning zamonaviy aksessuari haqida eslash vaqti keldi. Himoyalanish uchun bitta niqobni ikki soatdan ortiq vaqt davomida taqmang.
Darhol shifokorga murojaat qiling
Zaif immunitetning dastlabki belgilarida darhol mutaxassis bilan bog‘lanishingiz kerak, u umumiy davolash dasturini moslashtiradi va qanday davolanishni, nima qilish kerakligini aytadi.
Xonani tozalab vaqti-vaqti bilan shamollating
Xonada yetarli namlik darajasini saqlang — bunday holatda sizga namlagichlar yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
NATO bosh kotibi Donald Tramp bilan uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev Yangihayotda barpo etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘ldi
U-17 Jahon chempionatida Osiyodan 9 ta jamoa! Bu qanday bo‘ladi?
Tramp moliya vazirligi rahbari lavozimiga investor Skott Bessent nomzodini ilgari surdi