21:20 / 16.12.2022
1 113

Nima uchun qishda shapka kiyish muhim?

Nima uchun qishda shapka kiyish muhim?
Foto: Pinterest
Sovuq ob-havo sochlarga ta’sir qiladimi? Qishda shapka kiymasa, nima bo‘ladi, kabi savollar tashqarida havo harorati -5 darajagacha tushishi bilan tashvishga sola boshlaydi. People Talk nashri mutaxassis bilan birgalikda ushbu savollarga javob izladi.

Qish mavsumi nafaqat yuz va tana terisi uchun, balki bosh uchun ham kuchli stressdir. Sovuq shamol, qahraton, doimiy harorat o‘zgarishi — bu sochlarning holatiga bevosita ta’sir qiladi. Bundan tashqari, ularni himoya qilish uchun parvarish mahsulotlarini o‘zgartirish yetarli emas, shapka kiyish ham kerak.

Past haroratlarda qon tomirlarining diametri vaqtincha pasayadi, bu normal trofizmni (ya’ni oziqlanishni) buzadi. Bu soch o‘sishi fazasini qisqartirishi mumkin. Buning asosiy oqibatlari — tolalarning oziqlanmasligi, ularning mo‘rtligi va oxir-oqibat to‘kilishiga olib keladi. Bunday holda, shapka kiyish, albatta, eng yaxshi parvarishdir.

Ammo sovuq ob-havo yagona sabab emas. Qishda teri va sochning namlik darajasi pasayadi, shuning uchun quruq va qattiq bo‘lib qoladi, bu esa tolalarning holatiga bevosita ta’sir qiladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun uyda optimal mikroiqlimni saqlash kerak. Namlik 40-60 foiz oralig‘ida, harorat esa 20-22 darajagacha bo‘lishi kerak. Albatta, kundalik parvarish uchun namlovchi shampun va niqoblardan foydalanish tavsiya etiladi.

Albatta, sovuq havoda bosh kiyim kiyish kerak. Ammo bosh terisiga havoga kirishini ta’minlash bir xil darajada muhimdir, shuning uchun uyda bosh kiyim kiyish yaxshi variant emas.

Bundan tashqari, shapka bosh hajmiga aniq mos kelishi, sochlarda betartiblik yaratmasligi va kiyish uchun qulay bo‘lishi muhimdir. Shapkaning materialga e’tibor berish lozim. Sintetika qo‘shilmagan tabiiy matolarga ustunlik berish katta ahamiyatga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nima uchun qishda shapka kiyish muhim?