
Xalqaro tadqiqotchilar guruhi tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida yosh bilan bog‘liq makulyar degeneratsiya ko‘z xastaligi xavfini kamaytirish yo‘li topildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tajriba sinovlari shuni ko‘rsatdiki, organizmda xolesterin moddasining yuqori darajasini davolash yoki qandli diabetning ikkinchi tipini nazorat qilishga mo‘ljallangan dori-darmonlarni muntazam iste’mol qilish orqali bu dardga chalinish ehtimolini pasaytirish mumkin.
Tadqiqotga 50 yoshdan oshgan kishilar jalb etildi. Ular to‘rt toifa, ya’ni tanasida xolesterin darajasini pasaytirish, diabetni nazorat qilish, yallig‘lanishlarni bartaraf etish yoki tayanch-harakat tizimi xastaliklarini davolash maqsadida dorilar qabul qilayotgan bemorlar orasidan saralab olindi.
Yakunda xolesterin yoki diabetga qarshi qo‘llanilgan preparatlar yosh bilan bog‘liq makulyar degeneratsiyaga chalinish xavfini 22 foizgacha kamaytirishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar