14:01 / 06.01.2023
737

Vazn ortishiga sabab bo‘ladigan sabzavotlar haqida ma’lumot

Vazn ortishiga sabab bo‘ladigan sabzavotlar haqida ma’lumot
Foto: «Noviy ochag»
«Agar vazn yo‘qotmoqchi bo‘lsangiz, sabzavotlarga yeng!». Buni parhez tutgan har bir kishi eshitgan. Ammo bu so‘zlar qanchalik to‘g‘ri? Afsuski, barcha sabzavotlar bir xil darajada foydali emas va ular orasida vazn ortishiga sabab bo‘ladiganlari ham bor. «Noviy ochag» nashri semirishga olib keladigan sabzavotlar nomini sanab o‘tdi.

Sabzi

Yorqin rangga ega, mazali va foydali sabzi ro‘yxatning birinchi o‘rnini egalladi. Sabzining xavfli tomoni uning tarkibida saxarozaning yuqori miqdori bo‘lib, uni ko‘p miqdorda iste’mol qilganda vazn ortishiga sabab bo‘ladi. Mutaxassislar shuning uchun ham kuniga ikkitadan ortiq sabzi iste’mol qilmaslikni tavsiya qiladi.

Bodring

Bodringni o‘zi semirtirmaydi. Bundan tashqari, yozda ular salomatlik uchun juda ham zarurdir, chunki u ko‘p suvni o‘z ichiga oladi va organizmdagi namlik muvozanatini saqlashga yordam beradi, suvsizlanishning oldini oladi. Ammo bodringda kletchatka miqdori juda kam, shuning uchun tez hazm qilinadi va zudlik bilan qorin ochadi. Natijada ochlik tuyg‘usi ortidan vazn ortishi kelib chiqadi.

Lavlagi

Ushbu foydali sabzavot ham afsuski, ko‘p miqdordagi shakar, kraxmal va uglevodlarni o‘z ichiga oladi. Qizil lavlagani ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilish kerak. Ayniqsa, qonda shakar darajasi yuqori bo‘lganlar uchun ushbu sabzavot glyukozaning ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo salomatlik yaxshi bo‘lsa ham, uning iste’molini ko‘paytirmaslik kerak. Lavlagi iste’mol qilish organizmda yog‘ni eritmaydi, balki uning to‘planishini aniqlagan tadqiqotlar mavjud.

Qovurilgan sabzavotlar

Foto: «Noviy ochag»
Har qanday qovurilgan taomda ajralmas tarkibiy qism — bu yog‘. Qovurilgan sabzavotlar ham bundan mustasno emas. Baqlajon, pomidor va qovoq iste’mol qilish mumkin, lekin buning ortidan ko‘p miqdorda yog‘ ham qabul qilinadi.

No‘xat

No‘xat sog‘liq uchun foydalidir, chunki ular juda ko‘p sog‘lom kletchatkalarni o‘z ichiga oladi, ammo u kraxmal va boshqa oziq moddalarga boy, bu qorin sohasida yog‘ to‘planishga yordam beradi. Shuning uchun uni iste’mol qilishda miqdorni nazorat qilish tavsiya etiladi.

Makkajo‘xori

Agar organizmda shakar darajasi bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa yoki vazn yo‘qotishga jiddiy yondashsangiz, afsuski, makkajo‘xoridan butunlay voz kechish kerak bo‘ladi. Ushbu sabzavotda juda ko‘p shakar mavjud bo‘lib, u glyukoza ko‘tarilishiga olib kelishi va organizmdagi sog‘lom insulin darajasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Vazn ortishiga sabab bo‘ladigan sabzavotlar haqida ma’lumot