Foto: The Voice Mag
Sovuq mavsumda qomatning kamchiliklarini yashiradigan kiyim tanlash juda qiyin. Aksariyat liboslar mukammal qomatga ham putur yetkazishi mumkin. Sevimli sviter to‘la ko‘rsatadi, djinsi shimlarda vazn ortgandek tuyiladi va kurtkalar ham xuddi shunday ko‘rinishni beradi. Qishda zamonaviy va mukammal obraz yaratish uchun The Voice Mag nashri sanab o‘tgan 4 ta xatoni takrorlamaslik tavsiya etiladi.
Yozda yaxshi ko‘rinish kuz va qishga qaraganda ancha oson. Chindan ham yoqimli sarafan va oyoq kiyimlarni tanlashda xato qilmaslik mumkin, ko‘ylak va oddiy krossovkalar bilan kombinatsiya odatda har doim yordam beradigan tejamkor uslubdir. Ammo qishki kiyimlar bilan shug‘ullanish muammo bo‘lib, uning noto‘g‘ri yechimi katta xatolarga olib keladi.
Qavat-qavat kiyinish
Qishda issiq kiyinish kerak, shuning uchun shimlar bilan birgalikda kolgotkilar kiyiladi. Agar ular noto‘g‘ri tanlansa, xunuk ko‘rinishi tabiiy. Masalan, shimning tepasida burmalar paydo bo‘ladi. Bunday xatolikka yo‘l qo‘ymaslik uchun oddiy qoidani qo‘llash lozim. Qavat-qavat kiyinish uchun yupqaroq kolgotki tanlash kerak. Shundagina djinsi yoki boshqa matoli shim o‘z ko‘rinishini saqlab qoladi.
Sviterlar
Trikotaj sviter va jemperlar ideal qishki kiyim hisoblanadi. Ularni klassik shim, djinsi, yubka, ko‘ylaklar bilan birlashtirish uchun 2-3 ta modelni olish kifoya. Ular mukammal obraz yaratishga yordam beradi, faqat to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa. Ya’ni agar yengil sport modeli bo‘lsa, tashqi ko‘rinishi muammo tug‘dirmaydi. Ammo to‘qilgan, qo‘l qismi keng bichilgan bo‘lsa, u qomatni ancha to‘la ko‘rsatishi shubhasiz.
Palto ostidagi uzun liboslar
Bo‘yni vizual ravishda qisqartiradigan yana bir xato — bu kiyimning bir-biriga mos bo‘lmagan uzunligi. Palto tagidan chiqib turadigan uzun ko‘ylak yoki yubka tartibsiz ko‘rinadi. Shu bilan birga bo‘yni past va qomatni semiz ko‘rsatadi.
Keng ko‘ylaklar
Chiroyli va uyg‘un obrazning yana bir dushmani — bu tugmasiz ko‘ylak. Qishda biror sviter ustidan keng ko‘ylaklarning tugmasini ochib yurish unchalik ham mos emas. Bunday uslub yoz uchun mo‘ljallangan. Sovuqda esa bunday obraz nafaqat qomatga putur yetkazadi, balki noqulaylik ham tug‘diradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Manba: DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan olindi
Elektrdan foydalanib pulini to‘lamagan fermer xo‘jaligining kombayni xatlab qo‘yildi
Jenna Ortega, Zendaya va yosh bo‘lishiga qaramay Gollivudni zabt etgan aktrisalar
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi