Barcha ozuqaviy moddalar orasida uglevodlarga bo‘lgan e’tibor kam. Aynan ular vazn kamaytirishda birinchi bo‘lib ratsionni tark etadi, metabolizm uchun ularni kamaytirish yoki menyudan butunlay chiqarib tashlash tavsiya etiladi. Ammo asosiysi to‘g‘ri va foydali uglevodlarni iste’mol qilishdir. “Noviy ochag” nashri ularning bir nechtasini sanab o‘tdi.
Suli yormasi
Suli yormasi ajoyib nonushta varianti bo‘libgina qolmay, uzoq vaqt davomida to‘qlikni saqlashga yordam beradigan uglevodlarning ajoyib namunasidir va qonda shakar darajasini barqarorlashtiradi. Olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, nonushta uchun muntazam ravishda suli yormasini iste’mol qilish hatto qandli diabetga chalinganlar uchun ham glyukoza darajasini me’yorda saqlashga yordam beradi.
Kartoshka
Shirin kartoshka yoki batat tarkibidagi kletchatka miqdori yuqori bo‘lgani sababli u oddiy kartoshkadan ko‘ra foydaliroqdir. Kletchatka ichaklarning to‘g‘ri ishlashi uchun zarur bo‘lib, u metabolizmni to‘laqonli saqlashga yordam beradi va noto‘g‘ri ovqatlanishdan saqlaydi.
Jigarrang guruch
Uglevodlarning yana bir turi nafaqat xavfsiz, balki sog‘liq uchun ham foydalidir: jigarrang guruch qonda shakar darajasini qo‘llab-quvvatlaydigan va energiyani tartibga solishga yordam beradigan kletchatkaga boy. Agar baquvvat va energiyaga ega bo‘lishni istasangiz, jigarrang guruch iste’mol qiling.
Yasmiq
Agar organizmga jiddiy munosabatda bo‘lsangiz, oqsilga boy mahsulotlarni tez-tez iste’mol qilish kerak. Birinchidan, yasmiqning bir porsiyasida 9 gramm oqsil va 8 gramm kletchatka mavjud. Ikkinchidan, yasmiq kaliyga boy bo‘lib, yurak salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi va yomon xolesterin darajasini tartibga soladi.
Frike
Frike yoki farik — bug‘doydan tayyorlangan yorma. Ushbu an’anaviy arab mahsulotida juda ko‘p kletchatka mavjud: standart porsiyada kunlik qiymatning taxminan 13 foizi bor. Bundan tashqari, frike qonda shakar darajasini sog‘lom saqlashga yordam beradi.
Yogurt
Bu juda foydali mahsulot, albatta, agar u shakarsiz yoki konservalangan mevalarsiz iste’mol qilinsa. Bir stakan yunon yogurti tarkibida nafaqat uglevodlar, balki suyaklar salomatligi uchun zarur bo‘lgan kalsiy va oqsil ham mavjud. Bu mahsulot, ayniqsa, menopauzani boshdan kechirayotgan ayollar uchun foydalidir.
Qorag‘at
Rezavorlar, ayniqsa qizil va quyuq rangli mevalarni iloji boricha tez-tez iste’mol qilish kerak: ular erkin radikallarning xavfli ta’siriga qarshi kurashishda va miyani sog‘lom saqlashga yordam beradigan foydali antioksidantlarga boy. Eng foydali rezavorlardan biri o‘z xususiyatlarini nafaqat yangi, balki muzlatilgan yoki quritilgan holda saqlaydigan qorag‘atdir. Ertalabki suli yormasi yoki yunon yogurtiga bir hovuch qorag‘at qo‘shish orqali yoshlik va salomatlikni saqlab qolish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi