210
Qaddi-qomatga zararsiz tavsiyalar: Shirinliklar o‘rniga nima iste’mol qilish mumkin?
Foto: The Symbol
Har bir insonda shirinlikka bo‘lgan ehtiyoj mavjud va bu tuyg‘u uzoq vaqt davomida tark etmaydi. Agar bu daqiqada organizm shakar dozasini olmasa, muammo paydo bo‘ladi. Bu his-tuyg‘ular uglevodlar yetishmasligi va ma’lum ovqatlanish odatlaridan kelib chiqadi, ammo darrov shokolad iste’mol qilish butunlay ixtiyoriydir. The Symbol nashri vaznga minimal zarar yetkazadigan shakarni qayerdan olish mumkinligini ma’lum qildi.
Meva va rezavorlar
Mevalar nafaqat shakarga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga qodir, balki ular kletchatka, vitamin, mineral va antioksidantlarga ham boy. Misol uchun, bir stakan qulupnay (taxminan 150 gramm) 3 gramm kletchatka va C vitaminining kunlik qiymatining 94 foizini o‘z ichiga oladi. Meva va rezavorlar gazak, smuzi yoki mevali salatning bir qismi sifatida iste’mol qilinishi mumkin. Yangi mevalarning kaloriya tarkibi nisbatan kichik, lekin ularni me’yorda iste’mol qilish kerak. Banan, uzum va qizil olmadan ko‘p yeyish mumkin emas. Ko‘p miqdordagi mevalar allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin yoki oddiygina kunlik kaloriya miqdoriga mos kelmaydi, bu muqarrar ravishda vazn ortishiga olib keladi.
Quritilgan mevalar
Quritish jarayonida mevalar suvni yo‘qotadi, buning natijasida ozuqa moddalarining konsentratsiyasi (va ular bilan shakar va kaloriya) ortadi. Quritilgan mevalar past kaloriyali mahsulot bo‘lmasa-da, parhezshunoslar ularni shirinliklarga eng yaxshi alternativalardan biri sifatida tavsiya qiladi: tabiiy va ovqat hazm qilish uchun ayni muddao. Asosiysi me’yordan oshirib yubormaslik.
Foydali muzqaymoq
Bu odatiy shirinliklarni foydali muqobillar bilan almashtirishga tayyor bo‘lganlar uchun imkoniyatdir. Meva va rezavorlardan desert uchun bir nechta retseptlarni tayyorlash mumkin. Eng oddiy variant to‘g‘ralgan mevalarni muzlatib qo‘yish. Muzqaymoqni iloji boricha foydali bo‘lishini istasangiz, maydalangan mevalarni oddiy yogurt bilan aralashtiring.
Yong‘oqlar
Albatta, yong‘oqlar mevalar kabi shirin emas, lekin uglevodlarga qo‘shimcha ravishda ular ko‘p miqdorda vitamin, mineral, o‘simlik oqsillari va sog‘lom yog‘larni o‘z ichiga oladi. Shokolad o‘rniga bir hovuch keyju yoki bodom iste’mol qilish orqali organizmga bir qancha foyda keltirish mumkin.
Kartoshka
Kartoshkadan iste’mol qilmaslikning iloji yo‘q. U mustaqil taom, garnir va hatto shirinlik sifatida ham iste’mol qilinadi. Kartoshka tarkibida ko‘plab minerallar, A va C vitaminlari mavjud, yuqori ozuqaviy qiymat va shirin ta’mga ega. Kartoshkani kechki ovqatning bir qismiga aylantirish uzoq vaqt to‘qlik tuyg‘usini beradi va shirinliklarga bo‘lgan ehtiyojni qondiradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi