Foto: Tengrinews
Ijtimoiy tarmoqlarning qozoq segmentida sovutkich (xolodilnik) zilzila paytida odamlar hayotini saqlab qolishi mumkinligi haqidagi xabar tarqaldi. Ilova qilingan suratlarda sovutkich go‘yo qulab tushgan og‘ir shiftlarni ushlab turgani tasvirlangan.
«Turkiyada ishlayotgan FVV xodimlarimiz zilzila sodir bo‘lganda eng xavfsiz joy sovutkichning yoni ekanini ma’lum qilmoqda», deyiladi xabar matnida.
«Mana sovutkich yaqinidagi xavfsiz joy. Men sovutkich yoni mutlaqo xavfsiz deb aytolmayman. Lekin qarang, qancha xonadonlarni ko‘rdik, shift doimo sovutkich ustida turadi. Bundan tashqari, sovutkichda ovqat va suv bor. Qayerga bormang, hamma joyda shu holat. Uning ustida 10-15 qatlam beton plita turibdi, lekin hammasini ushlab turibdi», deydi audioxabarda erkak ovozi.
Foto: Tengrinews
Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati qozog‘istonlik qutqaruvchilar bu ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlamaganini ma’lum qildi.
«Biz Turkiyada ishlayotgan xodimlarimizdan so‘radik. Ular hech qachon bunday narsani ko‘rmagan. Balki bu boshqa viloyatlarda olingan suratlardir. Shuning uchun biz bu ma’lumotni tasdiqlay olmaymiz, shuningdek, rad eta olmaymiz», deyiladi xabarda.
Qozog‘iston FVV vakili Ruslan Imonqulov so‘zlariga ko‘ra, sovutkich og‘ir plitalarni ushlab turishi dargumon.
«Agar ushbu fotosuratlarga qarasangiz, sovutkich yuqoridan bu plitalarni ushlab turmaganini ko‘rishingiz mumkin. Balki beton plitalarning og‘irligi unchalik katta bo‘lmagan eng yuqori qavatlarda sovutkich nazariy jihatdan bu og‘irlikni ko‘tara olishi mumkin. Lekin, sovutgich nimadan yasalganiga qarang: ichi plastmassadan, tashqi tomoni esa yupqa metall qatlamdan iborat. U og‘ir plitalarni ushlab tura olishi dargumon», dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi