Ovqatdan to‘yish va uxlash istagi o‘rtasidagi bog‘liqlikni fiziologlar ovqatdan keyingi uyquchanlik yoki oziq-ovqat komasi deb ataydilar. Bu holat ko‘pincha ovqatlanishdan keyingi tabiiy jarayon hisoblanadi.
Kimdir ko‘proq uxlashni xohlaydi va kimdir ovqatdan keyin charchaganini deyarli sezmaydi. Bularning barchasi qaysi mahsulotlarni qancha va qachon iste’mol qilishga ham bog‘liq.
Nega ovqatdan keyin uyqu tortadi?
Uxlab qolish murakkab jarayon bo‘lib, u qonga qo‘shiladigan turli xil biofaol moddalar bilan tartibga solinadi. Hamma melatonin gormoni haqida biladi, ammo unga qo‘shimcha ravishda boshqa “uyqu chaqiruvchi” gormon va birikmalar mavjud. Oziq-ovqat ularning darajasini o‘zgartirishi, ovqatdan so‘ng biz charchoq va uyquni his qilishimiz mumkin. Mana shunday omillar ham ovqatdan keyingi uyquga sabab bo‘ladi.
Ma’lum bir mahsulotlarni iste’mol qilasiz
Protein va uglevodlarga boy oziq-ovqatlarni iste’mol qilish boshni egib uyquga ketishni kafolatlaydi. Olimlar buni oqsilli oziq-ovqatlarda organizmda serotonin gormoni ishlab chiqarishga yordam beruvchi aminokislota bo‘lgan triptofan ko‘p bo‘lishi bilan izohlaydilar. Uglevodlar esa uning yaxshiroq so‘rilishiga hissa qo‘shadi, ya’ni ular serotonin darajasini ham oshiradi.
Bu gormon kayfiyatni tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi: serotonin qancha ko‘p bo‘lsa, biz hayotdan shuncha mamnun bo‘lamiz. Shuningdek, u melatonin ishlab chiqarishda faol qatnashib, uyqu vaqtini boshqaradi.
Hammasi oddiy: oqsillar va uglevodlar manbai bo‘lgan bir stakan iliq sut ichdingiz, natijada melatonin darajasi oshdi, uxlashni xohlab qoldingiz.
Shuningdek, sutdan tashqari quyidagi mahsulotlar triptofanni ma’lum miqdorda o‘z ichiga oladi:
- Tovuq tuxumlari;
- Pishloqlar;
- Pista;
- Tovuq, kurka kabi parranda go‘shti;
- Yong‘oqlar;
- Kungaboqar, qovoq, kunjut urug‘lari;
- Ismaloq;
- Dengiz baliqlari, masalan, losos;
- Soya mahsulotlari.
Quyidagi mahsulotlar sizni ko‘p miqdorda uglevodlar bilan ta’minlaydi:
- Makaron;
- Guruch;
- Har qanday shaklda makkajo‘xori: qaynatilgan yoki qovurilgan;
- Oq non va krekerlar;
- Shirinliklar, tort va pishiriqlar;
- Shirin ichimliklar.
Ovqatni me’yordan ko‘p yeyish
Ortiqcha ovqatlanish yoki hatto, shunchaki to‘yimli ovqatlanish tushdan keyin uyqu tortishining asosiy sababi hisoblanadi.
Glyukozaning yuqori darajasi organizmdagi energiya muvozanatini boshqaradigan, ayniqsa, kun davomida o‘zimizni quvnoq his qilishimizga imkon beradigan tarkibi neyropeptid bo‘lgan oreksin faolligini bostiradi.
Ma’lum bir vaqtda yoki muayyan holatda ovqatlanasiz
Ovqatdan keyin o‘zingizni qanday his qilishingizga sirkad ritmlar, ya’ni organizmning ichki biologik soati ham ta’sir qilishi mumkin.
Ushbu soatga ko‘ra (to‘g‘rirog‘i, buning aniq talqini Amerika Milliy uyqu fondi tomonidan berilgan), maksimal bo‘shashish va u bilan bog‘liq uyquchanlik kuniga ikki marta odamlarni “bosib oladi”: taxminan kechasi soat 2 va kunduzi 14 da.
14:00 da tushlik qilsangiz, tabiiy uyquchanlik ovqat bilan birga qabul qilingan glyukoza va triptofanning ta’siriga qo‘shiladi. Va bu shunday yakun topadi: u yoki bu shakldagi uyquchanlik (hech bo‘lmaganda ish stoliga bosh qo‘yib) chidab bo‘lmas ehtiyojga aylanadi.
Boshqa omillar ham kunduzgi charchoqni oshirishi mumkin. Misol uchun, kechasi yetarli darajada uxlamasangiz, ovqatdan keyin uxlashga moyil bo‘lasiz.
Tushlikdan so‘ng uyqu tortmasligi uchun nima qilish kerak?
Keling, mashhur cho‘pchakni hoziroq unutamiz: yo‘q, bir chashka qahva yoki bir qadoq energetik ichimlik uyquchanlikni yengishga yordam bermaydi. Kofein uyqu gormonlari va organizmdagi boshqa birikmalarning ta’sirini vaqtincha blokirovka qiluvchi ogohlantiruvchi vositadir. Ammo tetiklantiruvchi ta’sir qisqa muddatli bo‘ladi. U g‘oyib bo‘lganda, shakarli qahva yoki energiyadan olingan glyukoza va u bilan bog‘liq bo‘lgan uxlash istagi paydo bo‘ladi.
Kunduzgi uyquni oldini olish uchun nima qilish kerak:
1. Kam-kam, tez-tez ovqatlaning. To‘yimli ovqatlanish glyukoza ko‘tarilishidan himoya qiladi.
2. Tushlik vaqtida uglevod va triptofanga boy taomlarni iste’mol qilmaslikka harakat qiling.
3. Qancha suyuqlik ichishingizga e’tibor bering. Tanada namlik yetishmasligi ham charchoq sifatida namoyon bo‘ladi. Faol jismoniy mehnat bilan shug‘ullanmaydigan katta yoshli sog‘lom odamga kuniga kamida 2,7 litr suyuqlik kerak bo‘ladi.
4. Kun davomida qisqa piyoda yurish uchun tashqariga chiqing. Jismoniy faollik va u bilan bog‘liq ventilyatsiya o‘zingizni tetik his qilishingizga yordam beradi.
5. Kofeni me’yorida iching. Kofeinning kuchli dozalari bilan to‘yinib olish befoyda: qisqa energiya portlashidan keyin ko‘proq uxlashni xohlab qolasiz. Eng yaxshi strategiya kofeni kun davomida asta-sekinlik bilan ichishdir. Shuningdek, tungi uyquni buzilmasligi uchun kechqurun tetiklantiruvchi ichimlikdan bosh tortgan yaxshiroqdir.
6. Kechasi yetarlicha uxlang. Tungi uyquning optimal davomiyligi 7-9 soat.
Qolaversa, sog‘lig‘ingizga g‘amxo‘rlik qiling. Oziq-ovqat komasiga tushmaslik uchun hamma narsani: kechasi yetarlicha uxlash, kam-kam ovqatlanish, “uyqu chaqiruvchi” ovqatlardan tiyilish — barini qilsangiz-u, tushlikdan keyin yana uxlab qolasiz, bu haqda terapevtga ma’lum qiling.
Ovqatdan keyingi muntazam uyquchanlik ayrim kasalliklar alomati bo‘lishi mumkin. Ular orasida:
- Anemiya;
- Ma’lum bir mahsulotga oziq-ovqat allergiyasi;
- Qandli diabet;
- Skleroz va boshqa xastaliklar uyquchanlikni orttirishi ehtimoldan holi emas. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi