18:28 / 25.02.2023
466

Immunitetni mustahkamlashning 8 ta sinalgan usuli

Immunitetni mustahkamlashning 8 ta sinalgan usuli

Sovuq mavsumda immunitet bakteriya va viruslarning hujumlarini muvaffaqiyatli qaytarishi uchun quvvatga muhtoj. Uning yanada samarali ishlashi uchun nima qilish mumkin? Quyida immunitetni oshirishga yordam beradigan baʼzi tavsiyalar bilan tanishib chiqing.

Stressga qarshi kurash

Surunkali yoki oddiygina uzoq muddatli stress immunitet tizimiga salbiy taʼsir qiladi: biz qanchalik asabiy bo‘lsak, shunchalik tez-tez kasal bo‘lamiz. Shuning uchun, dam olishga va taranglikni bartaraf etishga yordam beradigan mashg‘ulotlar uchun har kuni kamida besh daqiqa topish muhimdir. Meditatsiya, to‘qish, o‘qish, massaj qilish, sayr qilish va, hatto, sekin qultumlar bilan bir piyola choy ichish — bularning barchasi ana shunday harakatga kiradi.

Ko‘proq kuling

Kulgi stressdan xalos bo‘lishning eng oson va samarali usuli bo‘lib, immunitet tizimini mustahkamlaydi. Kulgi bizga kasalliklarga qarshi kurashishda yordam beradigan neyronlarni bo‘shashtirishga yordam beradi. Kechki payt o‘tirib biror komediya tanlash vaqti keldi.

Qo‘shiq kuylang

Qo‘shiq aytganda, nafaqat ovoz paychalari va o‘pkaning, balki qondagi antitanalarning konsentratsiyasini oshirishga va immunitetni mustahkamlashga yordam beradigan taloq ham faollashadi. Agar xor mashqlari yoki karaoke sizga maʼqul bo‘lmasa, hech bo‘lmaganda ovoz chiqarmasdan, ammo chin yurakdan kuylang!

Sport bilan shug‘ullaning

Ha, jismoniy tarbiya haqiqatan ham immunitetni mustahkamlaydi va kamroq kasal bo‘lishga yordam beradi. Siz, albatta, sport zali uchun yoki basseynga ro‘yxatdan o‘tishingiz shart emas: shunchaki mashq qiling, tanani turli tomonga eging, chayqaling. Buning uchun har soatda ishni to‘xtating.

Dam oling

Jismoniy yuklamalarga haddan tashqari berilmang: kuzda, har doimgidan ham ko‘proq dam olish kunlari kerak. Hech bo‘lmaganda haftada ikki marta istaganingizdek dam oling. Bu jismoniy va aqliy mashg‘ulotlar oralig‘ida tiklanish imkonini beradigan optimal rejim hisoblanadi.

Tanani issiq tuting

Qanchalik sovuq qotsak, immunitet hujayralari viruslarga qarshi kurashish qobiliyatini shuncha yo‘qotadi. Shuning uchun oyoqlar, qo‘llaringizni, bo‘yin va boshni issiq tuting. Ularning sovuq qotishiga yo‘l qo‘ymang.

Zarchava ziravoridan ko‘proq isteʼmol qiling

Yorqin sariq ziravorlar migren va saraton bilan kurashishga yordam beradi, shuningdek, bizning immunitetimizni qo‘llab-quvvatlaydi — bularning barchasi tarkibida antioksidantlar ko‘p bo‘lgan zarchava tufayli.

Zanjabilli choy iching

Kech kuzgi va qishki eng afzal ichimlik — zanjabil, asal va limonli choy. Bu nafaqat yallig‘lanish bilan kurashishga yordam beradi, balki immunitetni ham oshiradi, kasalliklarga qarshi kurashish uchun unga kuch beradi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Immunitetni mustahkamlashning 8 ta sinalgan usuli