11:01 / 26.02.2023
451

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash bo‘yicha muhim ma’lumotlar oshkor qilindi

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash bo‘yicha muhim ma’lumotlar oshkor qilindi

Yaxshi ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish uchun inson rang-barang mahsulotlarni iste’mol qilish kerak. Bu haqda oftalmolog Shafiq Rahmon Utro.ru portaliga bergan intervyusida gapirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa go‘sht, qizil qalampir, qizil ikra, pomidor va rezavorlar ko‘z va ko‘rish qobiliyati uchun foydali sanaladi.

Shifokor ta’kidlaganidek, ushbu mahsulotlardagi ozuqa moddalari kataraktning rivojlanishi va boshqa salbiy ta’sirlarning oldini oladi.

To‘q sariq va sariq rangli meva va mahsulotlar ham ko‘rish sifatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi, deydi oftalmolog. Bular o‘rik, apelsin, kartoshka, greyfurt, qovun, limon va sabzi bo‘lib, ular tarkibida S vitamini, sabzi va o‘riklarda ham beta-karotin mavjud.

Ushbu moddalar ham shubhasiz ko‘z faoliyatini yaxshilaydi. Shu bilan birga, mutaxassis spirtli ichimliklar ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash bo‘yicha muhim ma’lumotlar oshkor qilindi