06:53 / 01.03.2023
293

Osh tuzini kam iste’mol qilish ham zararli deb topildi

Osh tuzini kam iste’mol qilish ham zararli deb topildi

Foto: Woman's Day

Tuzning me’yordan ortig‘i zararli bo‘lgani kabi, uni kam iste’mol qilish ham inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Daily Express yozishicha, yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqda.

Tuzning ko‘p iste’mol qilinishi yurak-qon tomir tizimiga yomon ta’sir qilishini ko‘pchilik biladi. Xo‘sh, uning yetishmovchiligi qanday ta’sirga ega?

Tadqiqotlarga ko‘ra, yurak yetishmovchiligidan aziyat chekayotganlarda tuz yetishmasligi erta o‘limga olib kelishi mumkin.

Olimlar tadqiqot doirasida bungacha qilingan 9 ta ilmiy ishni o‘rganib chiqishdi. Ilmiy ishlar yurak yetishmovchiligiga chalingan qariyb 3 500 nafar bemorning ma’lumotlarini jamlagan edi. Ma’lum bo‘lishicha, kuniga 2,5 grammdan kam natriy (natriy xlorid — osh tuzi) qabul qilgan ushbu bemorlar orasida erta o‘lim xavfi 80 foiz yuqori bo‘lgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Osh tuzini kam iste’mol qilish ham zararli deb topildi