Yulduzlar ideal tashqi ko‘rinishi va optimal vaznini saqlab qolish uchun qaysi ovqatlardan uzoqroq turishga harakat qilishlarini bilib oling.
Qizil go‘sht
Qizil go‘sht eng sog‘lom protein manbayi hisoblanmaydi va ko‘plab mashhurlar undan qochishadi. Misol uchun, Gvinet Peltrou iste'mol qilmaydigan oziq-ovqat turlarining uzun ro‘yxatida qizil go‘sht bor. Refinery29 xabar berishicha, detoks rejasining bir qismi sifatida aktrisa qizil go‘sht, alkogol, kofein, sut mahsulotlari, glyuten, makaron, soya, mollyuskalar, qo‘shilgan shakar va oq guruchni olib tashlagan. Mutaxassislar shakar va alkogolga rozi, ammo sut mahsulotlari, glyuten va mollyuskalar sog‘lom ovqatlanishning bir qismi bo‘lishi mumkinligini ta'kidlaydilar.
Qayta ishlangan ovqatlar
Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa Emma Uotson haddan tashqari qayta ishlangan ovqatlardan qochishga harakat qiladi. Qadoqlangan qayta ishlangan oziq-ovqatlarni iste'mol qilishdan ko‘ra, u to‘liq donli, oqsil va to‘yinmagan yog‘larni afzal ko‘radi, chunki bu unga qayta ishlangan oziq-ovqatlarga ishonish o‘rniga ko‘proq sog‘lom ovqat iste'mol qilishga imkon beradi. Umuman olganda, Uotson Meksika oshxonasining muxlisi, ba'zida pitssa yoki Nutella kabi nosog‘lom ovqatlarga ham berilib ketadi.
Tozalangan uglevodlar
Treyner Keyt Aptonning so‘zlariga ko‘ra, model vazn yo‘qotishga harakat qilganda tozalangan uglevodlar, spirtli ichimliklar va shakardan saqlanadi. Tozalangan uglevodlar oq undan tayyorlangan mahsulotlardir, ya'ni oq non, xamir ovqatlar va qayta ishlangan qadoqlangan oziq-ovqatlarni to‘liq donlar foydasiga tashlashingiz kerak.
Pechenye
Aktrisa Kirsti Elli odamlarga vazn yo‘qotish uchun uchta oziq-ovqatdan qochishini aytadi: pechenye, pishloq va mollyuskali linguin. Linguini, mollyuska va pishloq me'yorida nisbatan sog‘lom bo‘lishi mumikin, ammo pechenye foydali emas va ulardan qochish kerak.
Shirinliklar
Aktrisa Konni Britton shunday dedi: “Men ovqat bilan shug‘ullanuvchiman va o‘ylaymanki, turli restoranlarni tatib ko‘rish mahalliy aholi nima qilayotganini ko‘rish va bu joyning mohiyatini his qilishning ajoyib usuli. Shakar men undan uzoqroq turishga harakat qilayotgan narsadir”.
Gazlangan ichimliklar
Basketbolchi Shakil O‘Nil People nashriga bergan intervyusida, u sog‘lom ovqatlanishga harakat qilganda, “ko‘p tovuq go‘shti, ko‘p baliq va ko‘p salat” bo‘lgan taomni iste'mol qilishini aytdi. Shu bilan birga, sportchi ko‘plab mahsulotlarni istisno qiladi — xususan, non va har qanday sendvichlar, shuningdek gazlangan ichimliklarni ham.
Kokteyllar
Aksariyat mashhurlar shakarni diyetadan chiqarib tashlash uchun juda ko‘p harakat qilishadi. Bunga ichimliklar ham kiradi. Kortni Kardashyan uchun kokteyllardan qochish ushbu strategiyaning muhim qismiga aylandi. “Kokteyllar ko‘pincha sharbat yoki soda bilan aralashtiriladi – ularda nafaqat kaloriya, balki shakar ham ko‘p”, deb yozadi Kardashyan o‘z veb-saytida.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring