18:00 / 05.03.2023
278

Eng keng tarqalgan ko‘z kasalligi kataraktaning 7 ta belgisi

Eng keng tarqalgan ko‘z kasalligi kataraktaning 7 ta belgisi

Katarakta dunyodagi eng keng tarqalgan ko‘z kasalligi bo‘lib, 40 yoshdan oshgan odamlarning ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishining asosiy sabablaridan biridir. Ushbu kasallik bilan ko‘zda asta-sekin shaffof bo‘lmagan nuqta paydo bo‘ladi, u oxir-oqibat butun qorachiqni qoplaydi va odam ko‘rishni to‘xtatadi. Katarakta bilan bog‘liq asosiy qiyinchiliklardan biri — ularning ko‘rinmasligidir. Odatda, bemor kasallik allaqachon ko‘rishga sezilarli darajada xalaqit beradigan bosqichda shifokorga boradi. Iloji boricha tezroq davolanish va ko‘rish qobiliyatini saqlab qolishingiz uchun kataraktaning dastlabki belgilarini bilish muhimdir.

Xira ko‘rish

Rivojlanayotgan kataraktaning dastlabki ikkita belgisi ko‘rish qobiliyatining pasayishi va suratning xiralashishi. Agar atrofingizdagi olam tobora ko‘proq impressionist rasmlarga o‘xshab ketayotgandek tuyulsa, shifokorga uchrash vaqti keldi. Gap shundaki, ko‘zimizdagi yorug‘likni aks ettirishga yordam beradigan qorachiqlar rivojlanayotgan katarakta tufayli tobora xiralashib ko‘rish qobiliyati pasayib boradi.

Ranglarni farqlashda qiyinchilik

Rivojlanayotgan kataraktaning yana bir alomati shuki, ranglarni va ayniqsa, soyalarni farqlash tobora qiyinlashib boradi. Oq rang biroz sarg‘ish ko‘rinadi. Eng yomoni, bu jarayon asta-sekin va o‘z-o‘zidan ranglarni idrok etishdagi o‘zgarishlarni sezish juda qiyin. Ammo agar sizning yaqinlaringiz ranglarni to‘g‘ri ajrata olmasligingizni payqashsa, oftalmologga murojaat qilishing.

Yorug‘likka sezgirlikning oshishi

Kataraktaning eng keng tarqalgan va tez-tez uchraydigan belgisi yorug‘likka o‘ta sezgirlikdir. Ushbu kasallikda yorqin lampalar haqiqiy dushmanga aylanadi va yorug‘likning odatiy darajasi juda yorqin, hatto, og‘riqli bo‘ladi. Agar atrofda haddan tashqari ko‘p yorug‘lik bordek tuyulsa, shifokor huzuriga boring.

Mashinani kechasi haydashdagi qiyinchiliklar

Haydovchi bo‘lsangiz, kataraktani dastlabki bosqichda payqash imkoniga ega bo‘lasiz. Kechasi mashinani haydash bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarga e’tibor berish kifoya. Faralar yorug‘idan bosh va ko‘zlarda og‘riq, qorong‘ida yo‘l belgilarini o‘qishda qiyinchilik — bularning barchasi imkon qadar tezroq shifokorga murojaat qilish uchun sababdir.

Kichik harflarni o‘qib bo‘lmaydi

Qanchalik yoshimiz ulg‘ayib borsa, ko‘zlarga shunchalik ko‘p g‘amxo‘rlik qilish talab qilinadi. Yoshga bog‘liq uzoqni ko‘ra olmaslik keng tarqalgan muammo bo‘lib, ko‘pchilik 50 yoshdan oshgan odamlarda uchraydi. Ammo agar siz kitob va jurnallardagi kichik harflarni o‘qishga qiynalsangiz, katarakta rivojlanayotganining belgisidir. Bizga ko‘rish imkonini beruvchi gavhar suv va oqsildan iborat bo‘lib, katarakta bu oqsilning holatiga ta’sir qiladi. Bu esa kichik narsalar va belgilarni farqlashni qiyinlashtiradi.

Ikki tomonlama ko‘rish

Rivojlanayotgan kataraktaning yana bir “sukut saqlovchi” alomati diplopiya yoki “ikki tomonlama” ko‘rishdir. Ko‘zning linzalari qanchalik tumanli bo‘lsa, u orqali o‘tadigan yorug‘lik shunchalik buziladi — oxir-oqibat biz ko‘radigan kartina shunchalik o‘zgaradi. Shu bois agar sizda ikki tomonlama ko‘rish bo‘lsa, albatta, mutaxassisga uchrang.

Ko‘rishning keskin yaxshilanishi

Katarakta bilan og‘rigan bemorlarda ko‘rishning keskin yaxshilanishi kasallikning yana bir alomatidir. Afsuski, bu yaxshilanish juda tez yakun topadi, ammo kasallik rivojlanishda davom etadi. Shu bois har yili shifokorga borishni kechiktirmang.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Eng keng tarqalgan ko‘z kasalligi kataraktaning 7 ta belgisi